Ilm va xotira uyg‘unligi: mazmunli davra suhbati

21-May 2026, 06:45
Universitet yangiliklari

Kimyo-biologiya fakulteti Organik kimyo kafedrasi tomonidan kimyo fanlari doktori, akademik Anna Glushenkovaning 100 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari hamda kimyo yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi. Dastlab olimaning hayoti va ilmiy faoliyati haqida qisqacha ma’lumot berildi. Shuningdek, dotsent N.Jo‘raqulova o‘z ma’ruzasida Anna Glushenkovaning tabiiy birikmalar kimyosi, o‘simlik moylari, xususan paxta yog‘ini qayta ishlash yo‘nalishidagi ilmiy ishlari hamda ularning amaliy ahamiyati haqida to‘xtaldi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va davra suhbati mazmunli va qizg‘in ruhda o‘tdi.