Yoshlar tarbiyasi – umumiy mas’uliyat

21-May 2026, 06:53
Universitet yangiliklari

Pedagogika fakultetida “universitet – talaba – ota-ona” hamkorlik tamoyili asosida “Yoshlar tarbiyasiga barchamiz mas’ulmiz” mavzusida 1–2-bosqich talabalari ota-onalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, Registrator ofisi boshlig‘i S.Rustamov, fakultet dekani I.Yuldoshev hamda Yoshlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i N.Pardaqulov so‘zga chiqib, talaba-yoshlar tarbiyasi, ularning ijtimoiy himoyasi va har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida to‘xtalib o‘tdilar. Uchrashuv davomida talabalarning darslarda faolligi, kiyinish va muomala madaniyati, ijarada va talabalar turar joylarida yashovchi yoshlar bilan tizimli ishlash, ular o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, o‘quv, ilmiy va ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda olib borilayotgan islohotlar, istiqboldagi rejalar hamda Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi 149-sonli qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirishlar berildi. Tadbirda ota-onalar ham faol ishtirok etib, o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirdilar. Yig‘ilish yakunida faol talabalarning ota-onalari tashakkurnomalar bilan taqdirlandi.