Harbiy xizmatchilar bilan psixologik-amaliy treninglar tashkil etildi
21-May 2026, 06:56
Universitet yangiliklari
Qashqadaryo viloyatidagi harbiy qismlarda o‘zaro hamkorlik asosida Qarshi davlat universiteti Psixologiya kafedrasining bir guruh professor-o‘qituvchilari tomonidan “Psixologik qo‘llab-quvvatlashning autogen usullari” hamda “Ekstremal sharoitda ruhiy safarbarlik: stress va qo‘rquvni yengish, jangovar chidamlilikni oshirish usullari” mavzularida mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulotlar davomida qo‘shinlarda jangovar va kasbiy tayyorgarlikni yanada oshirish, shaxsiy tarkibning nazariy bilim hamda amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, psixologik tayyorgarlikni yangi bosqichga olib chiqish hamda harbiy xizmatchilarga zamonaviy psixologiyaning ilmiy-amaliy bilimlarini yetkazish asosiy maqsad sifatida belgilandi.