Yoshlar bandligi va kasbiy rivojlanish yo‘lidagi amaliy tashabbus

21-May 2026, 07:12
Universitet yangiliklari

Ijtimoiy fanlar fakultetida Mehnat yarmarkasi hamda Workshop seminar-trening tashkil etildi. Unda viloyatdagi korxona va tashkilotlar mutasaddilari, universitet bitiruvchi talaba-yoshlari ishtirok etdi. Seminar-treningda universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor O.Kuziyev, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Qashqadaryo viloyati hududiy markazi direktori G.Hayitova, Viloyat IIB boshlig‘ining o‘rinbosari, polkovnik T.Mamatqulov, Viloyat IIB Ma’naviy-ma’rifiy ishlar va kadrlar bilan ta’minlash xizmati boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik I.Xudoyqulov, viloyat “Kelajak” markazi birinchi o‘rinbosari M.Hikmatova hamda “O‘zmilliybank” AJ Qashqadaryo viloyati filiali xodimi D.Suyunov hamda Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani D.Xudoyberdiyev o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar. Seminar-trening davomida, shuningdek, talabalarga kasbiy rivojlanish, ishga joylashish va mehnat bozori talablariga moslashish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Mehnat yarmarkasida 20 dan ortiq korxona va tashkilotlar mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etib, bitiruvchilarga bevosita ishga joylashish imkoniyatlarini taklif etdilar. Mazkur amaliy tashabbus yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ularning bandligini ta’minlash hamda kelajakdagi kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.