Mustaqillik gʻoyalari — yoshlar tafakkurida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 1-apreldagi “Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisida”gi PQ-120-son qaroriga muvofiq, tashkilotlar, idoralar hamda taʼlim muassasalarida “Mustaqillik soati” oʻquvlarini tashkil etish belgilangan. Mazkur vazifalar ijrosi doirasida Qarshi davlat universitetida ham “Mustaqillik soati” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda talaba-yoshlar qalbida Vatanga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat hamda mustaqillikning bebaho neʼmat ekanini anglash tuygʻularini yanada mustahkamlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Unda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qashqadaryo viloyati boʻlimi rahbari oʻrinbosari Latif Qambarov, Iqtisodiyot va pedagogika universiteti professori, viloyat “Maʼrifat” targʻibotchilar jamiyati aʼzosi Sahodat Murtozova hamda Turon universiteti dotsenti Nurbek Suyarov ishtirok etib, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlar hamda yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi oʻrni haqida mazmunli maʼruzalar qildilar.