Doktorantura imtihonlari bölib ötdi

26-Noyabr 2026, 06:49
Universitet yangiliklari
16–20-noyabr kunlari Qarşi davlat universitetida 2027-yil uçun ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş maqsadida doktorantura (DSc), tayanç doktorantura (PhD), maqsadli tayanç doktorantura hamda stajyor-tadqiqotçilikka qabul imtihonlari ötkazildi. Imtihonlarda 25 ta ixtisoslik böyiça jami 319 nafar talabgor iştirok etib, belgilangan kvotalar doirasida öz mutaxassislik fanlaridan bilim va salohiyatlarini sinovdan ötkazdilar. Qabul jarayonlari belgilangan tartib va talablar asosida taşkil etilib, imtihonlar taqdimot, yozma iş hamda suhbat şakllarida ötkazildi. Barça bosqiçlarda şaffoflik, xolislik va adolat tamoyillariga amal qilindi. Mazkur imtihonlar universitetda ilmiy salohiyatni yuksaltiriş, istiqbolli tadqiqotçilarni saralaş hamda yuqori malakali ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlaş yölidagi muhim bosqiçlardan biri hisoblanadi.