Psixologlar kasb bayrami munosabati bilan tadbir taşkil etildi

26-Noyabr 2026, 06:52
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universitetida Psixologlar kuni munosabati bilan universitet psixologi M.Rasulova hamda “Yoş psixologlar klubi” taşabbusi bilan “Inson – örganilmagan olam” nomli bayram tadbiri taşkil etildi. Tadbirda psixologiya sohasi mutaxassislari, professor-öqituvçilar va talabalar iştirok etdi. Unda inson ruhiyatining murakkab jihatlari, psixolog kasbining jamiyat hayotidagi örni, ruhiy salomatlikni asraş, soğlom şaxslararo munosabatlarni şakllantiriş hamda psixologik madaniyatni yuksaltiriş masalalari yoritildi. Bayram dasturi davomida “Yoş psixologlar klubi” aʼzolari tomonidan qiziqarli psixologik çiqişlar, interfaol maşğulotlar va ijodiy namoyişlar taşkil etilib, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşildi. Tadbir yakunida faol iştirokçilar taşakkurnomalar bilan taqdirlandi.