Dual taʼlimning Andijon tajribasi joylarda örganilmoqda

26-Noyabr 2026, 07:02
Universitet yangiliklari
“Dual taʼlim tizimi: Özbekiston va Germaniya köprigi. Dual taʼlimni taşkil etişning Andijon tajribasi” mavzusidagi xalqaro anjuman doirasidagi amaliy örganişlar davom etmoqda. Unda Qarşi davlat universiteti Öquv işlari böyiça prorektori Şohjahon Davronov ham iştirok etmoqda. Anjuman qatnaşçilari viloyatdagi sanoat korxonalari, tibbiyot muassasalari va taʼlim taşkilotlariga taşrif buyurib, dual taʼlimni yölga qöyiş, nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyğunlaş­tiriş hamda bölajak mutaxassislarni kasbiy faoliyatga tayyorlaş tajribasi bilan tanişmoqdalar. Jumladan, “Kambel” elektrobus korxonasi, “Uz-Tian jiao xong an”, “FAW Truck”, “Sançuan” suv hisoblagiçlar korxonasi, “Andijon Jinlun” GES, “Longping-Bereke” MÇJ, “Çinobod real biznes” korxonasi, “Baxt-Imkon-Rivoji” fermer xöjaligi, Andijon davlat tibbiyot instituti klinikasi, Stomatologiya öquv-amaliy markazi, farmatsevtika korxonalari hamda bir qator maktab va maktabgaça taʼlim taşkilotlarida bölib, mavjud tajribalar bilan tanişilmoqda. Mazkur amaliy taşriflar taʼlim muassasalari va iş beruvçilar örtasidagi hamkorlikni rivojlantiriş, dual taʼlim imkoniyatlarini kengaytiriş hamda samarali tajribalarni örganişga xizmat qilmoqda. Xalqaro anjuman doirasidagi tadbirlar va amaliy örganişlar davom etmoqda.