QarDU delegatsiyasi “Teçstars Startup Week Taşkent 2026” xalqaro festivalida iştirok etmoqda

26-Noyabr 2026, 07:27
Universitet yangiliklari
Ayni kunlarda Toşkent şahridagi “Humo Arena” majmuasida Markaziy Osiyoning yirik xalqaro startap va texnologiya festivali — “Teçstars Startup Week Taşkent 2026” bölib ötmoqda. Xalqaro Teçstars akseleratori, Özbekiston Milliy vençur fondi (UzVC) va Hackonnect hamkorligida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi kömagida taşkil etilgan mazkur festivalda Qarşi davlat universiteti delegatsiyasi ham faol iştirok etmoqda. Iqtisodiyot va ijtimoiy fanlar fakulteti öqituvçisi Quvonçbek Toşkentov hamrohligida universitetning iqtidorli talabalari festival doirasida xalqaro ekspertlar, muvaffaqiyatli startap asosçilari va investorlar bilan muloqot qilib, innovatsion ğoyalarni amaliy loyihalarga aylantiriş, startaplarni rivojlantiriş, investitsiyalarni jalb etiş hamda zamonaviy texnologiyalar böyiça bilim va tajribalarini boyitmoqda. Uç kun davomida 5 000 nafardan ortiq iştirokçi, 500 dan ziyod startap va dunyoning 23 mamlakatidan taşrif buyurgan mutaxassislarni birlaştirayotgan festival dasturidan 100 dan ortiq sessiya, maʼruzalar, panel muhokamalari, mahorat darslari, startap taqdimotlari va investorlar bilan uçraşuvlar örin olgan. Tadbir doirasida korporativ innovatsiyalar, startap asosçilari faoliyati hamda kreativ iqtisodiyotga bağişlangan mavzular muhokama qilinmoqda. QarDU delegatsiyasining bunday nufuzli xalqaro maydondagi iştiroki talabalarning tadbirkorlik könikmalarini rivojlantiriş, innovatsion fikrlaşini rağbatlantiriş, yangi hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş va istiqbolli loyihalar uçun imkoniyatlar yaratişda muhim ahamiyat kasb etadi.