Magistratura bo`limi

7 December, 2021

Bo'lim boshlig‘i: Pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori, dotsent

Yoziyeva Umida Lutfullayevna

Telefon: (+99890) 729-51-15

Elektron manzil: uyoziyeva@mail.ru

Qarshi davlat universiteti magistratura mutaxassisliklari to‘g‘risida ma’lumot.

Universitetda magistratura bo‘limi 2001-2002 o‘quv yilidan boshlab faoliyat ko‘rsata boshlagan. Hozirda universitetda 34 ta mutaxassisliklar bo‘yicha talabalar tahsil oladilar.

Magistraturada o‘quv jarayoni yuqorida qayd etilgan barcha mutaxassisliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020-yil 14-avgustda 3-son buyruq bilan tasdiqlangan malaka talablari va 2021-2022 o‘quv yillarida tasdiqlangan namunaviy o‘quv rejalari, Universitet Ilmiy Kengashida muhokamadan o‘tgan va (29.08.2020 yil) tasdiqlangan ishchi o‘quv rejalari hamda o‘quv jarayoni jadvallari asosida tashkil etilgan. 

Magistratura mutaxassisliklarini tayyorlashda kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy salohiyatlari ham e’tiborga olingan. Hozirda magistratura talabalariga 26 nafar fan doktori professorlar hamda 85 nafar fan nomzodi dotsentlar faoliyat ko‘rsatadilar. Har bir mutaxassislikka buyurtmalar berishda shu mutaxassisliklar bo‘yicha fan doktorlari va fan nomzodlari nazarda tutilgan.Magistratura mutaxassisliklari Qashqadaryo viloyati va qo‘shni viloyatlarning magistratura mutaxassisliklariga bo‘lgan talab va ehtiyojlaridan kelib chiqqan holda buyurtmalar asosida tayyorlanib kelinmoqda. 

Mutaxassisliklarni tayyorlashda moddiy-texnika bazasining mavjudligi muhim o‘rin tutadi. Mutaxassislik kafedralarida va «Axborot-resurs markazida» magistratura talabalarining ilmiy faoliyatlari hamda magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlashda internet tarmog‘iga ulangan . 

Magistratura bo‘limining Ilmiy Kengashida tasdiqlangan yillik va istiqbolli rejalari mavjud. Yillik rejada o‘quv jarayonini tashkil etish, ilmiy-tadqiqot va ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar o‘z aksini topgan. Istiqbolli rejada magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, tarjima qilingan o‘quv adabiyotlari, ma’ruza matnlari, masalalar to‘plami, laboratoriya bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar va boshqalar o‘z aksini topgan. 

Magistr chiqaruvchi kafedralar professor – o‘qituvchilarning darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratish bo‘yicha rejalari mavjud. Yangi talablar asosida tuzilgan ma’ruza matnlari, o‘quv-uslubiy majmualar ham tayyorlangan. Ma’ruza matnlarini tayyorlashda asosan ilmiy-tadqiqot natijalariga asoslangan ma’lumotlardan foydalanilgan. 

Qarshi davlat universitetida hozirgi vaqtda 34 ta mutaxassislik bo‘yicha 679 nafar (1kurs 145 nafar davlat granti, 250 nafar to‘lov -kontrakt, 2-kurs 112 nafar davlat granti, 172 nafar to‘lov-kontrakt) magistrantlar tahsil oladi. Magistratura mutaxassisliklariga universitetda ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan professor o‘qituvchilar ilmiy tadqiqot ishlariga va magistrlik dissertatsiyalariga rahbarlik qiladilar. 

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarorida Magistratura to‘g‘risidagi Nizom tasdiqlangan. 

Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risidagi” va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi to‘g‘risidagi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy malakali ilmiy va ilmiy pedagog kadrlar tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida” 2012 yil 24 iyuldagi PF-4456-son Farmoni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimida magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish. Uning samaradorligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida” 2007 yil 10 sentabrdagi 190 qaroriga muvofiq magistratura faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish, kadrlar tayyorlash sifati va ularning raqobatbardoshligini kuchaytirish maqsadida ishlab chiqilgan va oliy ta’lim muassasalarida magistrlar tayyorlashning asosiy qoidalari va tartibini, umumqabul qilingan xalqaro standartlarga binoan magistrlik dissertatsiyasi mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan mezonlar va talablarni belgilaydi. 

Bundan tashqari Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 11 avgustda 291-sonli xatida “ZiyoNET” tarmog‘ini axborot resurslari bilan boyitib borish to‘g‘risidagi buyrug‘ida Magistratura bosqichida tahsil olayotgan magistrantlar dissertatsiya himoyasidan 30 kun avval “ZiyoNET” axborot ta’lim portalida ilmiy maqolalarni yoritilishini ta’minlash topshirilgan. Shu sababli har yili magistrantlar magistrlik dissertatsiyalarini himoya qilishlaridan oldin o‘zlarining dissertatsiya mavzulari bo‘yicha chop ettirgan maqolalarini “ZiyoNET” tarmog‘iga joylashtirib boradilar. 

Ushbu 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab magistraturada yangi 11 ta magistratura mutaxassisliklari ochildi, bular 70230101-Lingvistika (nemis tili), 70230101-Lingvistika (fransuz tili),  70710402-Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha), 70510103-Biotexnologiya, 70530701-Tuproqshunoslik (tadqiqot turi bo‘yicha), 70211502-Cholg‘u ijrochiligi (turlari bo‘yicha), 70510102-Mikrobiologiya va virusologiya, 70310901-Psixologiya (oilaviy munosabatlar psixologiyasi), 70610204-Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha), 70811801-Mevachilik, 70811901-Sabzavotchilik va polizchilik. Bundan tashqari ushbu o‘quv yilida QarDU-BelGU qo‘shma ta’lim dasturi asosida 3 ta mutaxassislikka 70230101-Lingvistika (ingliz tili) BelGU, 70230101-Lingvistika (rus tili) BelGU, 70220301-Tarix (yo‘nalishlar va faoliyat turi bo‘yicha) BelGU 13 nafar talaba qabul qilindi.

Mutaxassisliklar

1-kurslar

2-kurslar

Jami

Budjet asosida

Shartnoma asosida

Jami

Budjet asosida

Shartnoma asosida

1

5A 111201- O‘zbek tili va adabiyoti

 

 

 

19

1

18

2

5A 111701- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim)

 

 

 

10

2

8

3

70220301- Tarix (yo‘nalishlar va (mamlakatlar bo‘yicha)

41

5

36

20

3

17

4

5A111801- Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim

 

 

 

9

1

8

5

70530901-Fizika (yo‘nalishlar bo‘yicha)

23

17

6

16

15

1

6

70530101-Kimyo (fan yo‘nalishi bo‘yicha)

15

15

-

15

13

2

7

70230101-Lingvistika (o‘zbek tili)

45

4

41

12

2

10

8

70230101-Lingvistika (nemis tili)

9

3

6

 

 

 

9

70510101-Biologiya (fan yo‘nalishi bo‘yicha)

28

16

12

19

17

2

10

5A 110901-Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo‘yicha)

 

 

 

10

2

8

11

5A 111601-Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitish metodikasi (ma’naviyat asoslari)

 

 

 

7

2

5

12

70230101-Lingvistika (ingliz tili)

39

5

34

16

3

13

13

70540101-Matematika (yo‘nalishlarbo‘yicha)

27

20

7

23

20

3

14

70310901-Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha)

15

3

12

14

2

12

15

5A 140208-Qayta tiklanuvchan energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi

5

-

5

7

7

-

16

71010401-Turizm (faoliyat turlari bo‘yicha)

7

2

5

7

1

6

17

70540201-Amaliy matematika

14

10

4

12

9

3

18

70710402-Ekologiya

 7

 

 

 

19

70510103-Biotexnologiya

 8

 

 

 

20

5A111801-Tasviriy san’at va amaliy bezak san’ati

 

 

 

9

1

8

21

5A110802 Muxandislik grafikasi va dizayn nazariyasi

 

 

 

9

1

8

22

5A112101-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (texnologik ta’lim)

 

 

 

10

 -

10

23

5A112101-O‘zga tillar guruhlarida rus tili

 

 

 

9

1

8

 24

70530402- Geografiya (o‘rganish obyekti bo‘yicha)

14

10

4

10

10

 25

5A140101- Biologiya(botanika) BelGU

 

 

 

5

5

26

5A120102- Lingvistika(ingliz tili) BelGU

5

-

5

5

5

 27

5A111301 Ona tili va adabiyti (rus tili va adabiyoti) BelGU

 

 

 

3

 -

3

 28

70230101- Lingvistika(rus tili) BelGU

3

-

3

 

 

 

29 

5A231601-Inson resurslarini boshqarish

8

3

5

8

1

7

30

70220301-Tarix BelGU

5

-

5

 

 

 

31

70530701-Tuproqshunoslik

6

5

1

 

 

 

32

70211502-Cholg‘u ijrochiligi

21

2

19

 

 

 

33

70310901-Psixologiya (oilaviy munosabatlar psixologiyasi)

8

2

6

 

 

 

34

70510102-Mikrobiologiya va virusologiya

14

5

9

 

 

 

35

70610204-Axborot tizimlari

9

5

4

 

 

 

36

70811801-Mevachilik

3

1

2

 

 

 

37

70811901-Sabzavotchilik va polizchilik

5

3

2

 

 

 

38

70230101- Lingvistika(rus tili)

9

2

7

 

 

 

39

70230101- Lingvistika(fransuz tili)

2

-

2

 

 

 

 

J A M I

395

145

250

284

114

170