Qarshi davlat universiteti THE Sustainability Impact Rankings 2026 xalqaro reytingida yangi bosqichga ko‘tarildi!

25-Iyun 2026, 07:18
Universitet yangiliklari

Times Higher Education (THE) tomonidan e’lon qilingan Sustainability Impact Rankings 2026 natijalariga ko‘ra, Qarshi davlat universiteti barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirishga hissa qo‘shayotgan yetakchi oliy ta’lim muassasalari qatoridan o‘rin oldi. Universitet 2022-yildan buyon mazkur reytingda muntazam ishtirok etib kelmoqda. Avvalgi yillarda 1501+ pog‘onada qayd etilgan natija 2026-yilda yaxshilanib, universitet ilk bor 1001–1500 o‘rinlar guruhidan joy oldi. Mazkur yutuq BMTning Barqaror rivojlanish maqsadlarini (SDGs) ta’lim, ilmiy tadqiqotlar, boshqaruv va jamoatchilik faoliyatiga integratsiya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning xalqaro e’tirofi bo‘ldi. Reytingda universitet 9 ta SDG yo‘nalishi bo‘yicha natija qayd etdi. Jumladan, SDG 2 – “Ochlikka barham berish” va SDG 15 – “Quruqlikdagi hayot” yo‘nalishlarida 301–400-o‘rinlar guruhidan joy olib, eng yuqori ko‘rsatkichlarga erishdi. Shuningdek, bir qator boshqa yo‘nalishlarda 401–600-o‘rinlar guruhida qayd etildi. Ushbu natija Qarshi davlat universitetining barqaror rivojlanish, sifatli ta’lim va innovatsiyalar yo‘lidagi sa’y-harakatlari xalqaro miqyosda e’tirof etilayotganini yana bir bor tasdiqlaydi. Qarshi davlat universiteti jamoasini ushbu muhim yutuq bilan samimiy tabriklaymiz!