Geografiya yo‘nalishi talabalari kompleks ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadi

25-Iyun 2026, 07:20
Universitet yangiliklari

Geografiya va agronomiya fakulteti Geografiya ta’lim yo‘nalishining 2-kurs 024-7 va 024-8-guruh talabalari Qarshi – Buxoro – Navoiy – Samarqand – Qarshi yo‘nalishi bo‘ylab kompleks ishlab chiqarish amaliyotini o‘tadilar. Amaliyot davomida talabalar Muborak gazni qayta ishlash zavodi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi, “Navoiyazot”, Navoiy gidrometallurgiya zavodi, “Qizilqumssement”, Navoiy GRES, “MAN Auto-Uzbekistan”, “SamAuto” hamda SAG korxonalarida bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlari va korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ular Buxoro va Samarqand shaharlaridagi Amir Ark, Bahouddin Naqshband majmuasi, Minorayi Kalon, Registon maydoni, Bibixonim masjidi, Go‘ri Amir maqbarasi, Shohi Zinda majmuasi, Imom al-Buxoriy va Xo‘ja Doniyor ziyoratgohlari hamda Ulug‘bek rasadxonasi kabi tarixiy-madaniy obyektlarda bo‘lib, hududlarning turizm salohiyatini o‘rgandilar. Mazkur amaliyot talabalarning nazariy bilimlarini amaliyotda mustahkamlash, hududlarning iqtisodiy rivojlanishi, sanoat va turizm salohiyatini chuqurroq o‘rganishlariga xizmat qiladi.