"Jismoniy tayyorgarlik darajasi" sport sinovlarini muvaffaqiyatli topshirgan talabalar munosib taqdirlandi
Joriy yilning 5-mayidan 3-iyuniga qadar respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarining 18–29 yoshdagi talabalaridan “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlari qabul qilindi. Mazkur sport sinovlarida Qashqadaryo viloyatidagi 9 ta oliy ta’lim muassasasi talabalari ham faol ishtirok etib, maxsus va ixtiyoriy talablar bo‘yicha o‘z jismoniy imkoniyatlarini sinovdan o‘tkazdilar. Qarshi davlat universitetida viloyatdagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarining maxsus va ixtiyoriy talablari bo‘yicha g‘olib hamda sovrindorlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali tadbirda Qashqadaryo viloyati Sport boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Xudoyqulov, Qarshi davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'riy ishlar boyicha birinchi prorektori O.Kuziyev, sport sohasi vakillari hamda talabalar ishtirok etdilar. Taqdirlash marosimida sport sinovlarining maxsus talablari bo‘yicha g‘olib va sovrindor bo‘lgan 18–29 yoshdagi 39 nafar talaba O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi tomonidan I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishonlari, guvohnomalari hamda sport formalari bilan taqdirlandi. Shuningdek, sport sinovlarining ixtiyoriy talablari bo‘yicha yuqori natija qayd etgan 42 nafar talaba sport formalari bilan rag‘batlantirildi.