Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi davom etmoqda
Qarshi davlat universitetida 2025/2026-o‘quv yilida magistratura mutaxassisliklarini tamomlayotgan 267 nafar bitiruvchi magistrning dissertatsiya ishlari himoyasi o‘tkazilmoqda. Universitet rektorining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan grafik asosida 2026-yil 22–26-iyun kunlari tashkil etilayotgan himoyalarda magistrlar o‘z ilmiy tadqiqotlari natijalari va amaliy tavsiyalarini Attestatsiya komissiyasi a’zolariga taqdim etmoqda. Magistrlik dissertatsiyalari himoyasi tarix, psixologiya, iqtisodiyot, turizm, filologiya, fizika, matematika, axborot tizimlari, biologiya, kimyo, ekologiya, geografiya hamda boshqa qator mutaxassisliklar bo‘yicha belgilangan tartibda davom etmoqda. Himoya jarayonlari yakunida bitiruvchilarning ilmiy salohiyati va kasbiy tayyorgarligi tegishli mezonlar asosida baholanadi.