Qashqadaryoda bir guruh OAV vakillari e’tirof etildi

29-Iyun 2026, 06:20
Universitet yangiliklari

27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Qarshi shahrida soha vakillari ishtirokida tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Murotjon Azimov soha xodimlarini bayram bilan tabriklab, bir guruh fidoyi jurnalistlar va OAV vakillarini esdalik sovg‘alari hamda sihatgohlarga yo‘llanmalar bilan taqdirladi. Quvonarlisi, taqdirlanganlar safidan Qarshi davlat universiteti Axborot xizmati bo‘limi xodimi Setora Jalilova ham o‘rin oldi. Hamkasbimiz Setora Jalilovani ushbu e’tirof bilan samimiy tabriklaymiz, kelgusi faoliyatida ulkan zafarlar, mustahkam sog‘lik va yangi ijodiy yutuqlar tilaymiz!