Qirgʻizistonda “Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi boʻlib oʻtdi

29-Iyun 2026, 06:21
Universitet yangiliklari

2026-yil 25–26-iyun kunlari Qirgʻiziston Respublikasining Oʻsh shahrida “Study in Uzbekistan” taʼlim koʻrgazmasi tashkil etildi. Mazkur koʻrgazmada Oʻzbekistonning 29 ta oliy taʼlim muassasasi qatorida Qarshi davlat universiteti ham munosib ishtirok etdi. Jumladan, universitetimiz nomidan Yoshlar bilan ishlash boʻlimi tyutorlari Sh.Ernazarova va X.Xudayberdiyeva koʻrgazmada qatnashib, tashrif buyuruvchilarga Qarshi davlat universitetidagi taʼlim yoʻnalishlari, qabul jarayonlari, xalqaro talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar hamda zamonaviy oʻquv va ilmiy muhit haqida batafsil maʼlumot berdilar. Koʻrgazma davomida Oʻzbekistonda oliy taʼlim olish imkoniyatlari, grant dasturlari, qabul jarayonlari hamda mamlakatimiz oliy taʼlim muassasalarining ilmiy va innovatsion salohiyati keng targʻib qilindi. Bu kabi xalqaro taʼlim koʻrgazmalari Oʻzbekiston oliy taʼlim muassasalarining xorijdagi nufuzini oshirish, xorijiy yoshlarni mamlakatimizda tahsil olishga keng jalb etish hamda xalqaro taʼlim hamkorligini yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.