Bitiruvchilar uchun muhim qadam

21-Sentabr 2026, 05:40
Universitet yangiliklari

Qarshi davlat universitetida bitiruvchi talabalarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash va kelajakdagi faoliyatiga yo‘naltirishga qaratilgan Workshop seminar-treninglari davom etmoqda. 18-sentyabr kuni Pedagogika, sport va san’at fakulteti bitiruvchi talabalari uchun tashkil etilgan seminarda “Kelajak markazi”, O‘zMilliybank AJ Qarshi filiali “Kelajakka qadam” dasturi mas’ullari hamda ish beruvchi tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Unda yoshlarning bandligi, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va tadbirkorlikka yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, “Kelajak tadbirkori–2026” dasturi doirasidagi moliyaviy imkoniyatlar, kredit mahsulotlari va tadbirkorlikni boshlash bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Seminar yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislardan javob oldilar.