“World Cleanup Day”: “Hayot uchun joy ajrating!”
21-Sentabr 2026, 05:43
Universitet yangiliklari
19-sentyabr kuni mamlakatimizning barcha hududlarida “Hayot uchun joy ajrating!” shiori ostida ommaviy plogging eko-aksiyasi o‘tkazildi. Aksiya Qashqadaryo viloyati Ko‘kdala tumani Qo‘ng‘irtog‘ massivi hududida ham tashkil etilib, unda Qarshi davlat universiteti Tabiiy fanlar va agronomiya fakultetining ko‘ngilli talabalaridan iborat “Yosh ekopatrul” volontyorlar jamoasi faol ishtirok etdi. Ekologik madaniyatni yuksaltirish, atrof-muhitni asrash va tabiatga mas’uliyatli munosabatni targ‘ib etishga qaratilgan ushbu tashabbus yoshlarning ekologik faolligini namoyon etdi.