QarDU jamoasi MedAlert loyihasini xalqaro maydonda taqdim etdi

3-Noyabr 2026, 15:33
Universitet yangiliklari
Poytaxtimizda Taʼlim va ilm-fan vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlaniş agentligi tomonidan “Özgarayotgan dunyo uçun ilğor innovatsiyalar” şiori ostida “InnoWeek–2026” xalqaro innovatsion ğoyalar haftaligi ötkazilmoqda. Uç kunlik haftalikda ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiyalar va istiqbolli işlanmalar namoyiş etilib, xalqaro hamkorlikni rivojlantiriş imkoniyatlari yaratilmoqda. Tadbir doirasida Qarşi davlat universiteti jamoasi özining MedAlert loyihasini AQŞdan taşrif buyurgan Jahon banki investori eʼtiboriga havola etdi. Taqdimotda loyihaning maqsadlari, innovatsion yeçimlari va soğliqni saqlaş sohasiga qöşişi mumkin bölgan hissasi yoritildi. Mazkur iştirok universitet jamoasining istiqbolli işlanmalarni xalqaro miqyosda tarğib qiliş va xorijiy investorlar bilan hamkorlikni rivojlantiriş yölidagi muhim qadamidir.