"APK Qöriqçi" — kiberfiribgarlikka qarşi qalqon: Universitetda tarğibot tadbirlari ötkazilmoqda
3-Noyabr 2026, 15:47
Universitet yangiliklari
Bugungi raqamli texnologiyalar rivojlangan davrda internet firibgarlari va kiberöğrilar tomonidan fuqarolar, ayniqsa, yoşlarning bank kartalaridagi mablağlarni noqonuniy özlaştiriş holatlari tez-tez kuzatilmoqda. Talaba-yoşlarni bunday xavflardan himoya qiliş maqsadida oliygohda keng kölamli tarğibot tadbirlari taşkil etilmoqda. Jumladan, Talabalar xavfsizligini taʼminlaş bölimi va "Qalqon" jamoatçilik guruhi aʼzolari tomonidan fakultetlarda talabalar bilan davra suhbatlari ötkazilib, internet firibgarligining zamonaviy usullari, şubhali havolalar va zararli dasturlarning xavfi haqida batafsil maʼlumotlar berilmoqda. Tadbirlar davomida, shuningdek, talabalarga kiberfiribgarlardan va virus dasturlardan işonçli himoyalaniş uçun maxsus yaratilgan "APK Qöriqçi" mobil ilovasining afzalliklari tuşuntirilib, uni telefonlarga örnatişda amaliy yordam körsatilmoqda.