QARŞI DAVLAT UNIVERSITETI – XALQARO REYTINGDAGI TARIXIY NATIJA!

19-Noyabr 2026, 12:19
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universiteti xalqaro akademik maydondagi yutuqlari safini yana bir muhim natija bilan boyitdi! Times Higher Education (THE) taşkiloti tomonidan Schmidt Science Fellows bilan hamkorlikda e’lon qilinadigan Interdisciplinary Science Rankings 2027 xalqaro reytingida baholangan 1349 ta oliygohlar orasida Qarşi davlat universiteti 601–800-örinlar guruhidan joy oldi. Mazkur reyting oliy taʼlim muassasalarining fanlararo ilmiy tadqiqotlar sohasidagi faoliyatini, jumladan, turli fan yönalişlari örtasidagi integratsiya, ilmiy hamkorlik va tadqiqotlar samaradorligini baholaşga qaratilgan. Unda qayd etilgan natija universitetimizda ilmiy salohiyatni rivojlantiriş, fanlararo tadqiqotlarni kengaytiriş hamda xalqaro ilmiy hamkorlikni mustahkamlaş borasida amalga oşirilayotgan izçil saʼy-harakatlarning eʼtirofidir. Universitet jamoasini uşbu tarixiy yutuq bilan samimiy muborakbod etamiz!