Bayroğimiz — millat faxri, mustaqilligimiz timsoli!
19-Noyabr 2026, 12:23
Universitet yangiliklari
18-noyabr — Özbekiston Respublikasi Davlat bayroği qabul qilinganining 35 yilligi munosabati bilan Tillar, Pedagogika, sport va sanʼat, Tibbiyot, Tabiiy fanlar va agronomiya fakultetlari, Milliy ğoya va maʼnaviyat asoslari kafedrasi hamda universitet qoşidagi Xalqaro tibbiyot va stomatologiya oliy maktabida bayram tadbirlari, davra suhbatlari va maʼnaviy-maʼrifiy uçraşuvlar taşkil etildi. Tadbirlarda fakultetlar rahbariyati, professor-öqituvçilar, tyutorlar va talabalar faol iştirok etdilar. Uçraşuvlar davomida Özbekiston Respublikasi Davlat bayroğining yaratiliş tarixi, undagi rang va ramzlarning mazmun-mohiyati, uning mustaqilligimiz, xalqimiz birligi, milliy ğurur va iftixorimiz timsoli sifatidagi ahamiyati haqida atrofliça fikr almaşildi. Şuningdek, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda böliş, milliy qadriyatlarni eʼzozlaş hamda yoş avlod qalbida Vatanga muhabbat va yurt taqdiriga daxldorlik tuyğularini mustahkamlaş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Bayram tadbirlari davomida talabalar tomonidan Vatan va ona yurtimiz bayroğini madh etuvçi şeʼrlar, kuy-qöşiqlar, milliy raqslar hamda badiiy çiqişlar namoyiş etildi. Mazmunli suhbatlar, savol-javoblar va ijodiy çiqişlar tadbirlarga özgaça ruh bağişlab, iştirokçilarga kötarinki kayfiyat ulaşdi.