“Qalqon” jamoatçilik guruhining yangilangan tarkibi faoliyat boşladi
19-Noyabr 2026, 12:24
Universitet yangiliklari
Qarşi davlat universitetida köngilli talabalardan iborat yangilangan tarkibdagi “Qalqon” jamoatçilik guruhi faoliyat olib bormoqda. 18-noyabr kuni rektor maslahatçisi Alişer Jörayev iştirokida guruhning yangi tarkibi bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda universitet profilaktika inspektori Mansur Jabbarov, Talabalar xavfsizligini taminlaş bölimi xodimlari hamda guruhning 31 nafar azosi qatnaşdi. Uçraşuv avvalida guruh azolariga guvohnomalar topşirildi. Şuningdek, guvohnomalardan foydalanış tartibi va ularni amalda qöllaş böyiça tuşuntirişlar berildi. Muloqot davomida universitet hududida xavfsizlikni taminlaş, talabalarning tinçligi va osoyiştaligini saqlaş, dars maşğulotlarida muntazam iştirok etiş hamda jamoatçilik işlarida faol böliş masalalariga alohida etibor qaratildi. Şu bilan birga, guruh azolari yilning tört fasliga möljallangan kiyim-boş hamda xizmat faoliyati uçun zaruriy vositalar bilan taminlangani qayd etildi. Ularning samarali faoliyatini qöllab-quvvatlaş va munosib rağbatlantirib boriş masalalari ham muhokama qilindi. Uçraşuvda qayd etilganidek, “Qalqon” jamoatçilik guruhi azolari universitetda xavfsiz muhitni mustahkamlaş, jamoat tartibini saqlaş va talabalarning osoyiştaligini taminlaşga öz hissasini qöşadi.