Sog‘lom hayot sari: yoshlar giyohvandlikka qarshi
Tabiiy fanlar va agronomiya fakultetida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning salbiy oqibatlari, narkojinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda yoshlarni giyohvandlik illatidan asrash, ularning huquqiy ongi va mas’uliyatini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda turli zararli illatlarning oldini olish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tadbirda rektor maslahatchisi Alisher Jo‘rayev ishtirok etib, giyohvandlikning inson salomatligi va jamiyatga salbiy ta’siri, narkojinoyatlarning huquqiy oqibatlari hamda yoshlarni bunday illatlardan himoya qilish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Mavzuga doir hujjatli film namoyish etildi. Tadbir yakunida talaba-yoshlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.