“Yoshlar turizmi” xalqaro II qurultoyi minglab yoshlarni birlashtirdi

9-avgust 2023
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 7-11 avgust kunlari Shahrisabz tumanidagi “Lochin” bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Yoshlar turizmi” xalqaro II qurultoyi bo‘lib o‘tmoqda.

Xalqaro qurultoyga yurtimizning har bir hududidan 50 dan ortiq iqtidorli, ijtimoiy himoyaga muhtoj, shu jumladan nogironligi bo‘lgan hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan o‘quvchi, talaba va yoshlar jalb qilingan.

Ular qatorida MDHga a’zo Tojikiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Turkmaniston kabi davlatlarning yoshlari ham bor. E’tiborlisi, xalqaro qurultoyda Qarshi davlat universitetining bir qator faol yoshlari ham ishtirok etmoqda.

1