“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining respublika bosqichi g‘oliblari uchun o‘quv kurslari boshlandi

16-avgust 2023
Universitet yangiliklari

Joriy yilning 14-avgust kunidan Qarshi davlat universitetida 2023-yilda tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanloviда g'olib bo'lgan Qashqadaryolik yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida maqsadli o‘quv kurslari boshlandi.

O‘quv kursi avvalida universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori N.Xolmirzayev o‘quv kursi ishtirokchlariga tushuntirishlar va tavsiyalar berdi. Shuningdek, o‘quv kursining birinchi kunida ishtirokchilarga yoshlarga oid davlat siyosatining mazmun-mohiyati hamda boshqaruv va yetakchilik qobiliyatlari, ijodiy va kreativ fikrlash bo‘yicha nazariy va amaliy mashg'ulotlar borildi.   

Mazkur o‘quv kursi joriy yilning 25-avgustiga qadar davom etib, unda ishtirokchilarga malakali mutaxassislar tomonidan treninglar, amaliy mashg'ulotlar hamda viloyatdagi yirik ishlab chiqarish korxonalariga “TEXNOTUR” tashkil etish rejalashtirilgan.