0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Biz yoshlar giyohvandlikka qarshimiz!

Bugun giyohvandlik va ichkilikbozlik insoniyatning jiddiy muammosiga aylanib bormoqda. Baxt haqida soxta taassurot uyg‘otib, yoshlarni o‘z domiga tortayotgan, jinoyatchilik va qonunbuzarlikka keng yo‘l ochib berayotgan, yanayam achinarlisi,

nogiron farzandlarning dunyoga kelishiga sabab bo‘layotgan ushbu global muammo mamlakatlar tinchligi va barqarorligi uchun ham nechog‘lik katta xavf tug‘dirayapti. Giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishi bilan bog‘liq muammolarga jamiyat etiborini qaratish, aholi, ayniqsa, yoshlarning   giyohvandlikning salbiy oqibatlari haqidagi bilimlarini oshirish, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlar mazkur yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirishga yaqindan yordam beradi. 2018-yil 1-noyabr kuni Tabiiy fanlar fakulteti Biotexnologiya kafedrasida “Biz yoshlar giyohvandlikga qarshimiz” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshi shahar IIB jinoyat qidiruv bo‘limi xodimlari Z.Burxonov, Sh.Muhammadiyev, Qarshi shahar XP inspektori X.Ulashev hamda Tabiiy fanlar fakulteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini O‘.Norchayev, Biotexnologiya kafedrasi mudiri dotsent O.Karimov, kafedra katta o‘qituvchisi B.Jovliyev, guruh rahbarlari I.Cho‘liyev, G.Bo‘ronova, I.Sattorova, Z.Hosilova va biotexnologiya ta’lim yo‘nalishining barcha bosqich talabalari ishtirok etishdi. Birlashgan  millatlar tash­­kilotining ma’lumotiga ko‘ra, bugungi kunda dunyoda 500 milli­ondan ortiq kishi giyohvand­lik dardiga yo‘liqqan­. Ularning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etadi. Buning oqibatida har yi­li  200 mingdan ortiq ki­shi hayotdan ko‘z yumadi. Jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi ham aynan giyohvandlik oqibatida yuzaga keladi. Albatta, mazkur illatga qarshi samarali ku­rashishda huquqiy targ‘ibot va tashviqotning o‘ziga xos o‘r­ni bor. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar giyohvandlik va turli narkotik moddalar hamda ularning salbiy  oqibatlari, yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan  giyohvandlik bilan bog‘liq turli jinoyatlar va ularning oldini olish borasida qilinayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumot berishdi. Shuningdek, tadbirda mavzuga oid videorolik ham namoyish etildi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________