0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Chempionlar tantanali kutib olindi

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23-24 sentabr kunlari Toshkent shahrida muhtasham “Humo Arena” muz saroyida bo‘lib o‘tgan Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlariga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi nufuzli musobaqa paradzyudo bo‘yicha IBSA Gran-prisida Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 3-bosqich talabasi Dovurxon Karomatov 81 kg vazn toifasida oltin medalga sazovor bo‘lgan edi.

Musobaqaning yana bir quvonchli yangiligi shundaki, -90 kg vazn toifasida Qarshi davlat universiteti Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Jaloliddin Avazov bronza medalini qo‘lga kiritdi. Kuni kecha Qarshi davlat universitetida g‘oliblarni tantanali kutib olishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda universitet rahbariyati va talabalari bilan bir qatorda O‘zbekiston Milliy paralimpiya Assotsiatsiyasi viloyat bo‘limi bosh kotibi Otabek Avazov, yunon-rum kurashi bo‘yicha bir necha karra O‘zbekiston chempioni va ko‘plab xalqaro turnirlar sohibi, O‘zbekiston xalq maorifi a’lochisi Isom Kenjayev, chempion talabalarning ota-onalari va yaqinlari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etishdi. Tantanali tadbirni universitet rektori, professor B.Shoimqulov samimiy qutlov bilan boshlab berdi. Jumladan, universitet rektori Qarshi davlat universiteti talabalari orasida Jahon va Osiyo chempionlarining safi kengayib borayotganligini alohida ta’kidlab, chempionlarni tarbiyalab voyaga yetkazgan ota-onasi va murabbiylariga minnatdorchilik bildirdi. Shu kuni tadbirda chempion talabalar, ularning ota-onalari, murabbiylari ham so‘zga chiqishdi. Ular bunday yuksak e’tirofdan judayam mamnun ekanliklarini izhor etishdi. Chempion talabalar Tokio-2020 paralimpiya o‘yinlarida vatanimiz bayrog‘ini hilpirashi yo‘lida bor kuch g‘ayratlarini ishga solishga va’da berdilar. Kutib olish tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda bo‘lib o‘tdi. 

 

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________