0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Ko‘zlangan natija-jinoyatchilikning oldini olish

Shu yilning 2-oktabr kuni Qarshi  davlat  universitetida Qarshi shahar hokimligi, Qarshi shahar IIB bilan hamkorlikda Qarshi  shahrida ijarada yashovchi talabalar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Qarshi davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha pporektor J.Shonazarov, Ma’naviyat bo‘limi  boshlig‘i M.Karimov, Talabalar  shaharchasi  direksiyasi direktori N .Pardaqulov, Qarshi shahar 1-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O.To‘rayev, Qarshi shahar hokimininig yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Nasimov, Mahallot MFY profilaktika inspektori U.Habibov, A.Navoiy MFY profilaktika inspektori Sh.Murodov, universitet professor-o‘qituvchilari va talabalar ishtirok etishdi. Yig‘ilishni Qarshi davlat universiteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor J. Shonazarov kirish so‘zi bilan boshladi. Jumladan yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan har yili Qarshi davlat universitetida “Talabalar turar joylari”da o‘rinlarning cheklanganligi sababli ko‘pchilik talaba-yoshlari shahar hududlarida xususiy  xonadonlarda ijarada istiqomat qilgan holda tahsil oladi. Ularning yashash  va o‘qishiga ko‘maklashish, zarur shart-sharoit yaratib berish hamda turli salbiy g‘oyalar xatarlaridan ogoh etish maqsadida   Qarshi davlat universiteti hamda Qarshi shahar 1-sonli ichki ishlar bo‘limi bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan qo‘shma umumprofilaktik tadbirlar reja-jadvaliga asosan muntazam talabalar holidan xabar olinayotganligi, davra suhbatlari tashkil etilib borilayotganligini ta’kidladi. Tadbir davomida Qarshi shahar 1-sonli ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i O.To‘rayev, Qarshi shahar hokimininig yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A.Nasimov so‘zga chiqishdi. Ular e’tirof etganidek, ijarada yashovchi talabalarning yashash joylaridan olisda xususiy xonadonlarda, turli toifadagi fuqarolarning zarur shart-sharoit va xavfsizlik talablariga javob bermaydigan uylarida nazoratsiz holda istiqomat qilishi turli ijtimoiy-maishiy xavf-xatarlarni yuzaga keltiradi. Shu bois xususiy xonadonlarda ijarada istiqomat qilayotgan talabalar bilan doimiy aloqada bo‘lish zarur. Buning uchun MFYlardagi profilaktika inspektorlari va ijaradagi talabalarning guruh rahbarlari o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirda talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga soha mutaxassislaridan javob olishdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________