0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Mustaqilligimizning 25 yilligiga

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

 XALQIMIZ HAYOTI VA ONGIDAGI BUYUK O‘ZGARISHLAR

Istiqlolning chorak asri. Barchamiz uchun bu yillarning qimmati katta. Negaki, shu qisqa davr ichida hayotimizda olamshumul o‘zgarishlar ro‘y berdi, porloq kelajak sari dadil odim tashlandi. Eng muhimi, odamlar o‘zgardi, ularning fikrlashi, hayotga bo‘lgan qarashlari o‘zgardi. Mustaqillik bergan ne’mat va uning odamlar hayotini naqadar o‘zgartirib yuborganligini oddiygina taqqoslarda ko‘rishimiz mumkin.

Birgina Qarshi shahrini olaylik. Davlatimiz rahbarining 2013 yil 25 iyuldagi «Qarshi shahrini kelajakda qayta qurish rejasi va zamonaviy yo‘l-transport kommunikatsiyalarini rivojlantirish dasturi to‘g‘risida"gi qarori asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Qarshi shahrining hududi 9000 gektardan 17 ming gektarga kengaytirildi. Yangi yo‘l va ko‘priklar, ko‘p qavatli uy-joylar, bog‘ va xiyobonlar, xizmat ko‘rsatish obyektlari bunyod etildi. O‘zbekiston, Mustaqillik, Amir Temur, Alisher Navoiy, Nasaf, Xonobod ko‘chalari kengaytirilib, atrofi obodonlashtirilmoqda.

Yo‘l-transport infratuzilmasini yaxshilash maqsadida 56 kilometrlik halqa yo‘li qurilmoqda. Uning temir yo‘l va daryolar bilan kesishadigan joylarida 6 zamonaviy yo‘l o‘tkazgich va ko‘priklar bunyod etilmoqda. Qarshi shahriga yuqori tezlikda harakatlanuvchi Afrosiyob elektropoyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yildi.

Prezidentimiz Islom Karimov o‘tgan yili Qashqadaryoga tashrifi chog‘ida Amir Temur tarixiy ko‘prigini ta’mirlash, daryo atrofini dam olish maskaniga aylantirish bo‘yicha zarur tavsiyalar bergandi. O‘tgan vaqt davomida bu yerda ulkan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Amir Temur ko‘prigi zamonaviy talablar asosida rekonstruksiya qilindi. Qirg‘oq bo‘yidagi eski binolar o‘rnida go‘zal xiyobon bunyod etildi. Bolalar uchun zamonaviy attraksionlar o‘rnatildi. Bugun daryo bo‘yidagi ko‘rkam go‘sha ko‘rgan ko‘zni quvnatadi. Hatto bir yil ilgari daryo bo‘yida shunday fayziyob go‘sha yaratiladi, desa hech kim ishonmasdi.

Shahar markazida bo‘y cho‘zib turgan qariyb 30 metrlik kurant  mahobati kishini lol qiladi. Avvalgi kurant bir necha yillardan buyon ishlamay, quruq savlat bo‘lib turardi, undan eskilik nafasi ufurardi. Bugun esa hashamatli va ulug‘vor, milliy va zamonaviy me’morchilik uslublarini uyg‘unlashtirgan yangi kurant bizning ulug‘vor maqsadlarimiz ifodasi bo‘lib turibdi. Aholi va transport vositalarining harakatlanishi uchun qulaylik va xavfsizlik yaratish maqsadida ulkan qurilish-ta’mirlash ishlari amalga oshirilgan.

Qarshi shahridagi o‘zgarishlar haqida gap ketganda Qarshi davlat universitetida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida to‘xtalmaslikning iloji yo‘q. O‘qitish va tahsil olish uchun deyarli sharoitlar bo‘lmagan eski imoratlar o‘rnida yangidan barpo etilgan universitet bosh o‘quv binosining mahobati kishini hayratga soladi. Qashqadaryo viloyatining ijtimoiy-iqtisodiy sohasi uchun yetuk va malakali kadrlar tayyorlab beradigan ushbu dargoh keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlaridan so‘ng butunlay muazzam qiyofa kasb etdi. Tom  ma’noda zamonaviy ma’rifat maskaniga aylangan mazkur ta’lim muassasasida o‘qituvchilar va talaba-yoshlar uchun munosib shart-sharoitlar yaratildi.

Bu oxirgi bir necha yilda birgina Qarshi shahrida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlarining ba’zilarigina, xolos.

Istiqlol yillarida jamiyat hayotida, odamlarning turmush tarzi va ong-shuurida ham ulkan o‘zgarishlar yuz berdi. Fuqarolarimizning huquqiy madaniyati va ijtimoiy faolligi mutassil oshib bordi. Bosh qomusimiz esa mamlakatimizda demokratik taraqqiyot yo‘lini tanlanishida, erkin bozor iqtisodiyotini shakllantirishda, inson, uning qonuniy manfaatlari, huquq va erkinliklari, o‘z iste’dodini to‘la namoyon etish va o‘z mehnati natijalaridan bahramand bo‘lish oliy qadriyat hisoblanadigan fuqarolik jamiyatini barpo etish va uni yuksaltirishda mustahkam kafolat bo‘ldi.

   Odamlar ongidagi o‘zgarishlar har qanday jamiyatda amalga oshiriladigan islohotlarning asosi ekanini istiqlol yillari mamlakatimizda erishilgan beqiyos natijalar misolida ham ko‘rish mumkin.

    Haqiqatan ham sobiq ittifoq tanazzulga yuz tutib, mamlakat iqtisodiyoti batamom izdan chiqqan, ochlik, qashshoqlik soya solib, odamlarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini so‘ndirayotgan bir paytda O‘zbekiston o‘z mustaqilligini e’lon qildi.

    Ammo siyosiy mustaqillikni iqtisodiy mustaqilliksiz tasavvur etib bo‘lmasdi. O‘sha paytlarda turli noxushliklar, tahqir va kamsitishlardan to‘ygan xalq tinch va osoyishta hayotni, farzandlarining bexavotir yashashi, o‘qishi, ishga borishini orzu qilardi. Beqarorliklarni keltirib chiqarayotgan ijtimoiy muammolardan bezigan aholi bir kun kelib barqaror mamlakat, faxr-iftixor hissi bilan yashash mumkin bo‘lgan yurtni sog‘inardi go‘yo...

     Bugun biz ana shunday orzular, niyat va maqsadlar ushalgan mamlakatda yashayapmiz. O‘z mustaqilligining 25 yillik to‘yiga tayyorgarlik ko‘rayotgan O‘zbekiston ayni paytda dunyoning eng yirik davlat arboblari, siyosatshunos olimlar, nozik didli ekspertlar tomonidan jahonning eng tez rivojlanayotgan, iqtisodiyoti barqaror, oziq-ov­qat, neft va gaz mustaqilligiga erishgan, sanoati rivojlangan, inson huquqlari himoya qilingan, xususiy mulk daxlsizligi, so‘z va fikr erkinligi ta’minlangan kuchli davlat sifatida e’tirof etilmoqda.

Ammo bunday muvaffaqiyatlarga o‘z-o‘zidan erishilgani yo‘q, albatta. Istiqlol yillarida erishilgan beqiyos natijalarga o‘z xalqining baxti, saodati uchun jonini berishga tayyor bo‘lgan chinakam yurt farzandlari, uzoqni ko‘ra oladigan insonlarning fidoyiligi bilangina erishildi.

 

                                                                               Rustam BOYMATOV,

                                                    Qarshi Davlat universiteti o‘qituvchisi.

 

 

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________