0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2019-yil 16-may kuni Filologiya fakulteti Rus tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya fakulteti hamkorligida “Biz sog‘lom turmush tarzi tarafdorimiz” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbirda viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig‘i S.Odilov, viloyat onkologiya dispanseri shifokori D.Niyozova, universitet Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i A.Jo‘rayev, Jismoniy madaniyat fakulteti dekani F.Eshpo‘latov, Filologiya fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Xoliqov, Rus tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dots. Y.Hamrayeva, Filologiya va Jismoniy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirok etdi. Tadbir so‘z olganlar  mamlakatimizda sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida to‘xtalib o‘tishdi. O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi tashabbusi bilan may oyi respublikamizda sport oyligi deb e’lon qilindi. Bunday sport oyligini e’lon qilish, avvalo, ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchi qatlamni oshirish va har bir fuqaroni sog‘lom turmush tarziga jalb qilishdir. Yurtimizda sportimiz rivoji, yoshlarimiz kelajagi yo‘lida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. Tabiiyki, ushbu islohatlar barchani birdek mamnun etayotir. “Sport oyligi”ning tashkil etilishi ham ezgu maqsadlar yo‘lida xizmat qiladi. Albatta g‘amxo‘rlik va e’tiborga javoban, yoshlar vatanimizga sadoqatli, el-yurtimizga mehr-muruvvatli insonlar bo‘lib voyaga yetishadi. Tadbir qizg‘in savol-javoblar asnosida yakuniga yetdi.

 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________