0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

Ko‘p qirrali hamkorlik ­­­- rivojlanish garovi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Qarshi davlat universiteti va Moskva davlat lingvistika universiteti orasida tuzilgan xalqaro hamkorlik shartnomasi hamda universitet rektorining 11.11.2019 yildagi 03/2562 sonli taklif xatiga asosan Moskva davlat lingvistika universiteti “MDH davlatlari va yaqin xorijiy davlatlar tillari” kafedrasi dotsenti,

“O‘zbek tili madaniyati markazi” direktori B.Qorayeva joriy yilning 27-30 noyabr kunlari xizmat safari bilan Qarshi davlat universitetiga tashrif buyurdi. Ikki tomonlama tuzilgan shartnoma asosida dots. B.Qorayeva Filologiya fakulteti Filologiya va tillarni o‘qitish (O‘zbek tili) yo‘nalishi 3-kurs talabalariga “Hozirgi o‘zbek tili” (Sintaksis) fanidan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlari o‘tdi. O‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘tildi va talabalarga xorijda o‘zbek tilini o‘rganayotgan o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan rolik namoyish etildi. Shuningdek, dots. B.Qorayeva O‘zbek tilshunosligi kafedrasi professor-o‘qituvchilari bilan “Xorijiy davlatlarda o‘zbek tilini o‘qitish muammolari” mavzusida seminar-trening o‘tkazdi. Seminar-trening jarayonida B.Qorayeva O‘zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, dots. B.Bahriddinova va f.f.n. O.O‘rinovalarga joriy yilning 23-25 oktabr kunlari Moskva davlat lingvistika universitetida belgilangan dastur asosida “Yangi zamon va zamonaviy kommunikatsion texnologiyalar” mavzusida onlayn tarzda malaka oshirish kurslarini o‘taganliklari xususida sertifikatni taqdim etdi.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________