0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

QarDU matematiklari ilmiy seminarda ma’ruza o‘qishdi

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Joriy yilning 3 dekabr kuni, Qozon federal universiteti N.I.Lobachevskiy nomidagi Matematika va mexanika institutida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy seminarlarda O‘zbekiston delegatsiyasi a’zolari ilmiy ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

Ilmiy seminarlar Moskva vaqti bilan soat 09:00 da boshlandi.

Bir necha seksiyalarga bo‘lingan tarzda tashkil etilgan ushbu seminarlarda O‘zbekiston, Kanada, Yaponiya, Shveytsariya, Germaniya va boshqa davlatlardan Qozon federal universitetining 215 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tantanali marosimlar va ilmiy anjumanlarga maxsus taklif etilgan olimlar ma’ruzalar bilan ishtirok etishdi.

“Funksiyalar nazariyasi va uning tadbiqlari” seksiyasida dastlab professor Yusuf Xalbayevich “Spektral nazariya va Kele daraxtida Gibbs o‘lchovlari” mavzusida ma’ruza qildi. Shu seksiyaning ikkinchi ma’ruzasi professor A’zam Abduraximovichning “Regulyar o‘zgaruvchi funksiyalarning Markov tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar nazariyasidagi tadbiqlari” mavzusidagi ma’ruzasi bo‘ldi. Professor Abdulxamid Erkinovich “G‘ovak-elastik muhitda suyuqlikning harakatini matematik modellashtirish” mavzudagi ma’ruzasi bilan “Zamonaviy matematik modellashtirish usullari” seksiya ishida ishtirok etdi.

Qarshi davlat universiteti professorlarining ushbu ma’ruzalari xorijiy olimlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilindi. Seminarlar savol-javoblar hamda bahs-munozaralar bilan shu kuni kechgacha davom etdi.

Universitet professorlarining Qozon federal universitetidagi ilmiy safari samarali natijalar bilan davom etmoqda.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________