0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI RESPUBLIKA ILMIY-TEXNIK ANJUMANI XABARNOMASI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

2019-yil 24-25 aprel kunlari Qarshi davlat universitetida “Qayta tiklanuvchi energiya manbalari va barqaror atrof muhit fizikasi” mavzusida o‘tkaziladigan Respublika ilmiy-texnik anjumaniga taklif etamiz.

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil qilinishi rejalashtirilgan:

  • Yarimo‘tkazgichlar fizikasining fundamental va amaliy muammolari.
  • Yarimo‘tkazgichli fotovoltaikaning tadqiqiy va amaliy masalalari.
  • Iqtisodiyot tarmoqlarida energiya samaradorlik va tejamkorlikning dolzarb muamolari
  • Muqobil va qayta tiklanuvchan energiya manbalaridan foydalanishning ilmiy amaliy asoslari
  • Fan-ta’lim-ishlab chiqarish integeratsiyasi: muammolarining yechimlari.

Anjumanda ma’ruza qilingan mavzular matni ilmiy to‘plamda maqola shaklida chop etiladi. Maqolalar o‘zbek, rus va ingliz tillarida qabul qilinadi.

 

MAQOLALARGA QUYILADIGAN TALABLAR

 

-            Maqola matnlari tahrir qilingan va tegishli sho‘balarning nomi ko‘rsatilgan holda A4 kattalikdagi qog‘ozda, qatorlar orasi 1,5 interval holda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm joy qoldirilib, maqola 1 nusxa qog‘ozda va elektron variantda rasmiylashtiriladi. Maqola hajmi 3 betdan oshmasligi shart.

-            maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, uning elektron nusxasi Microsoft Word 97-2003, 2007 muharririda Times New Roman shriftida 12 o‘lchamda bo‘lishi lozim.

-            maqolaning nomi bosh harflar bilan yozilishi kerak. Bitta bo‘sh qator qoldirilib, navbatdagi qatordan muallifning ismi, familiyasi, tashkilot nomi ko‘rsatiladi. Matn oxirida foydanilgan adabiyotlar ro‘yxati kiritiladi. Matnda ko‘rsatilgan faktlarning to‘g‘riligi va aniqligiga shaxsan mualliflar javobgar.

-            fayl nomi tashkilot nomi va muallif familiyasi bilan (Masalan, muallif Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutidan bo‘lsalar "QarMII Sharopov” nomi bilan fayl) nomlanishi lozim

Mualliflik badali: to‘plamni nashr qilish va anjumanni o‘tkazish bilan bog‘liq harajatlarni qoplash uchun har bir bet maqolaga 15000 so‘m belgilangan bo‘lib, ushbu to‘lovni Qarshi davlat universiteti, SH x/v: 400110860104017950100079001,STIR: 200671933, OKONX: 92110, Moliya Vazirligi G‘aznachiligi, G‘azna x/v: 23402000300100001010, Toshkent sh. MB BB XKKM., MFO: 00014., STIR: 201122919 G‘aznachilik bo‘linmasiga o‘tkazishingiz mumkin Faqat to‘lovning maqsadiga Oliy o‘quv yurtining qisqartirilgan nomi. muallif yoki mualliflarning ismi, sharifi qisqartirilgan holda va familiyasi aniq ko‘rsatilgan bo‘lishi shart. (Masalan, “QarMII A.Sharopov Anjuman materiallari uchun”) mazmunida aniq ko‘rsatilishi shart. Plastik raqami: 8600 3329 2710 1497

Muddat: maqolalar 2019 yilning 5 apreliga qadar qabul qilinadi.

Eslatma: Talablarga javob bermaydigan va kechikib topshirilgan ishlar anjuman materiallariga kiritilmaydi va muallifga qaytarilmaydi.

Tashkiliy qo‘mita manzili:

180183, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ ko‘chasi 17 uy. Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti “Kasbiy ta’lim” kafedrasi 427-xonada qabul qilinadi, ma’sul t.f.n., dots. A.A.Vardiyashvili.E-mail: vardi73@mail.ru anjuman haqidagi ma’lumotlar bilan www.qarshidu.uz saytidan tanishishingiz mumkin. Telefon: +99893 525-14-41, +99894 525-14-41

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________