0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi tashkiliy qo‘mitasining

A X B O R O T X A T I

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 6 martdagi 178-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 12 martdagi 233-sonli buyrug‘iga asosan “Psixologiya” kafedrasi tomonidan 2019 yil 19-20 aprel kunlari «O‘quv-tarbiya jarayonlarini takomillashtirishning milliy psixologik asoslari» mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazilishini ma’lum qiladi.

Anjumanda quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha sho‘balar tashkil qilinishi rejalashtirilgan:

  1. Ta’limni samarali tashkil etishda psixologik xizmatning o‘rni.
  2. Global axborot makonida psixologik maorif va ma’rifatning o‘rni.
  3. Yoshlarda milliy ongni tarkib toptirishda psixologiya fanining roli.
  4. Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash: muammolar, yechimlar va istiqbollar. 

KONFERENSIYANING RASMIY TILI: o‘zbek va rus tillari.

Konferensiya ishida ishtirok etuvchilar o‘z maqolalarini 2019 yilning 10 apreliga qadar Qarshi davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasiga yuborishlari so‘raladi. 

MAQOLALARNI RASMIYLASHTIRISH QOIDALARI:

Ma’ruza matnlari tahrir qilingan va tegishli sho‘balarning nomi ko‘rsatilgan holda ilmiy maqola matni sahifalanmagan bo‘lib, hajmi 5 betdan oshmasligi va uning elektron nusxasi Word dasturida, Times New Roman shriftining 14 kegel kattaligida bo‘lishi lozim. Ilmiy maqola matni А-4 format kattalikda, yuqoridan va pastdan 2,5 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1 sm joy qoldirib rasmiylashtiriladi. Maqolaning nomi bosh harflar bilan yoziladi va 1,5 intervaldan so‘ng bosh harflarda muallifning ismi, sharifi va familiyasi yoziladi, 1 intervaldan keyin tashkilot va shahar nomi ko‘rsatiladi. So‘ngra 1,5 interval qoldirilib matnning mazmuni 1,5 intervalli satrlarda yoziladi. Foydalanilgan adabiyot va manbalar, iqtiboslar maqola oxirgi betida ko‘rsatilishi lozim. Ilmiy maqolaning qog‘ozdagi matni va uning elektron nusxasi disk (yoki fleshka)ga yozilgan holda quyida keltirilgan manzilga yuborish lozim. Konferensiya materiallarini chop etishga ketadigan xarajatlarni qoplash uchun maqolaning har bir sahifasi uchun 15000 (o‘n besh ming) so‘m badal puli to‘lanadi.

Tashkiliy qo‘mitaga kelib tushgan ilmiy materiallar konferensiya mavzusiga, dolzarbligiga mos ravishda tanlanadi va yozilish qoidasi hamda yuborilgan sanasiga qarab qabul qilib olinadi. Konferensiyaning barcha talablariga javob beradigan materiallari to‘plam shaklida chop etiladi.

Konferensiya tashkiliy qo‘mitasi: Qarshi davlat universiteti, “Psixologiya” kafedrasi

Manzil: 730003, Qarshi shahri, Ko‘chabog‘ 17, Qarshi davlat universiteti Pedagogika fakulteti Psixologiya kafedrasi, III-qavat, 314-xona.

Ma’sullar: Fayziyeva M.. +99891 4510783 ye-mail: konf.psixologiya-2019@mail.ru

Maqsadova. M +99890 6079922 ye-mail: windy.14@mail.ru

Rajabova F. +99891 191 31 81 ye-mail: feruza_pozilovna@mail.ru 

 

Tashkiliy qo‘mita

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________