0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

MATEMATIK ANALIZ VA DIFFERENSIAL TENGLAMALAR KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 5
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: fizika – matematika fanlari nomzodi

Aliqulov Eshpo’lat Omonovich

Telefon: (+99891) 472 21 38

Elektron manzili:  qardu_aliqulov@edu.uz

 

Kafedra tarixi 

“Matematik analiz” kafedrasi 1982-yilda tashkil etilgan va unda f-m.f.n. E. Eshdavlatov mudirlik qilgan. 1988-yildan 1992-yilgacha  “Matematik analiz” kafedrasida dotsent N. Dilmurodov mudirlik qilgan. 1992-yilda ushbu kafedra mudirligi lavozimida dotsent J.Toshev ishlagan. Shu yili kafedra uchga bо‘linib, “Matematik analiz”, “Algebra va geometriya” hamda “Differensial tenglamalar” kafedralari tashkil etilgan. “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Toshev, “Algebra va geometriya” kafedrasiga dotsent S. Uzoqov, “Differensial tenglamalar” kafedrasiga dotsent J. Oromov mudirlik qilgan. 

1995-yilda “Matematik analiz” va “Differensial tenglamalar” kafedralari birlashtirilib, “Matematik analiz”  kafedrasi deb nomlandi. Bu kafedraga 1998-yilgacha dotsent J. Toshev mudirlik qildi. 1998-yildan 2001-yilgacha “Matematik analiz” kafedrasiga dotsent J.Oromov mudirlik qildi. 2001-yil kafedra mudiri lavozimiga dotsent E. Eshdavlatov tayinlandi. 2005-yilda “Matematik analiz” va “Algebra va geometriya” kafedralar birlashtirildi va “Matematik analiz va algebra” kafedrasi tashkil etildi.  Kafedraga dotsent N. Sharipov mudirlik qila boshladi. 2008-yildan 2010-yilning iyun oyigacha ushbu kafedra mudiri vazifasini bajaruvchi lavozimida f-m.f.n. M. Abulov ishlagan. 2010 yildan to 2014 gacha kafedra mudiri vazifasida f-m.f.n. A. Imomov ishladi. 

2014-yil “Matematik analiz va algebra” va “Umumiy matematika” kafedralari birlashtirildi va “Matematika” kafedrasi tashkil etildi. 2014 yil sentabrdan ushbu lavozimga f-m.f.n. E. Aliqulov saylandi. “Matematika” kafedrasi 2018-yil noyabrda “Matematik analiz va differensial tenglamalar” va ”Algebra va geometriya” kafedralariga ajratildi. “Matematik analiz va differensial tenglamalar ”kafedrasi mudiri lavozimga f-m.f.n. E. Aliqulov tayinlandi.

  

Hozirgi vaqtda kafedrada jami 14 nafar professor-о‘qituvchilar faoliyat kо‘rsatmoqda. Shulardan 2 nafar fan doktori, 7 nafari fan nomzodlari. 

Kafedra professor-o'qituvchilari: 

  1. dots. Aliqulov Eshpo‘lat Omonovich
  2. f.-m.f.d. prof. Shoimqulov Bahodir Allaberdievich
  3. f.-m.f.d. prof. Eshqobilov Yusuf Xolboyevich
  4. f-m.f.n. dots. Dilmuradov Nasrutdin Elmurodovich
  5. f-m.f.n. k. o‘qit. Xamrayev Axror Yusupovich
  6. f-m.f.n. k. o‘qit. Meyliyev Xabibulla Jamolovich
  7. f-m.f. Phd, k. o‘qit.  Rustamova Mastura Samadovna
  8. f-m.f. Phdk. o‘qit. Yangiboyev Zoyir Shoberdiyevich
  9. f-m.f. Phd, k. o‘qit. Jo‘rayev Davron Aslonqulovich
  10. o‘qit. Jumayev Jaxongir Nafasovich
  11. o’qit. Norov Asliddin Ziyot o’g’li
  12. o‘qit. Xalilov Akbar Zamirovichning
  13. o‘qit. Muqumov Asqar Hamza o‘g‘li
  14. o‘qit. Shoimov Baxodir Sayfullo o‘g‘li 

O’quv ishlari 

Bakalavriatura 

Kafedra a’zolari 5130100-Matematika ta’lim yo’nalishida barcha matematik va ixtisoslik fanlaridan hamda boshqa ta’lim yo’nalishlarida matematikaga oid fanlardan dars olib boradi. 

Bakalavriatura yo’nalishlarida o’qitiladigan fanlar: 

  • Matematik analiz
  • Differensial tenglamalar
  • Differensial geometriya va topologiya
  • Funksional analiz
  • Matematika fizika tenglamalari
  • Kompleks o’zgaruvchili funksiyalar nazariyasi
  • Operatorlar nazariyasi
  • Analizning tanlangan boblari
  • Matematik fizika tenglamalarining tanlangan boblari
  • Matematika fizika usullari
  • Oliy matematika

Magistratura 

2015-yildan 5A130101- Matematika (matematik analiz) mutaxasisligi bo’yicha magistraturaga talabalar qa’bul qilinadi. Hozirda 11 nafar magistr tahsil olmoqda. 

Magistraturada o’qitiladigan fanlar: 

  • Borel o’lchovi va potensiallar nazariyasi
  • KKO’FN
  • Plyuriy potensiallat nazariyasi
  • Plyuriy potensiallar nazariyasi va dinamik sistemalar
  • Gibbs o’lchovlari

Doktorantura 

Kafedrada 2018-yildan  01.01.01-matematik analiz ixtisosligi bo’yicha  PhD (tayanch doktorantura) faoliyat olib bormoqda.  Hozirda 3 nafar doktorant tahsil olmoqda. 

1.Bozorov J.T. - ilm.rahbar f.m.f.d. Shoimqulov B. A. 

2.Nodirov Sh.D. - ilm.rahbar f.m.f.d. Eshqobilov Y.X.

3. Qulto’raev D.J.  - ilm.rahbar f.m.f.d. Eshqobilov Y.X

Ilmiy yo’nalishlar

1.Complex analizda integral formulalar va ko’p o’lchovli qoldiqlar. 

2.Uzliksiz va diskret vaqtli dinamik sistemalar. 

3.Matematik fizika tenglamalari uchun to’gri va teskari masalalar.  

Seminar va tugaraklar 

Kafedra qoshida “Matematika va uni о‘qitishning dolzarb muammolari” mavzusida ilmiy seminar faoliyat kо‘rsatadi. Seminar rahbari :prof.Eshqobilov Y.X. Seminar vaqti: har payshanba kuni, soat 13-14, 102-aud.da.  

Doktorant,magistr va talabalar uchun “Nochiziqli analizning nostandart masalalari” ilmiy-o’quv seminari. Seminar rahbari:. Seminar vaqti: har chorshanba  kuni, soat 07-08, 102-aud.da. 

Talabalar uchun “Al xorazmiy vorislari” matematika  tugaragi. To’garag vaqti: har chorshanba kuni soat 13-15, 102-aud.da. 

Ilmiy loyihalar 

Kafedrada “Diskret va uzluksiz vaqtli dinamik sistemalar va qismiy integral operatorlarning spektrlari” (OT-F4-22)  mavzusida fundamental grant amalga oshirilmoqda, grant rahbari prof.Y.Eshqobilov, a’zolari prof. B.Shoimqulov, E.Aliqulov, A.Xamroyev, O.G‘ulomov, J.Bozorov, M.Rustamova, Sh.Nodirov. 

Ilmiy hamkorlik 

Kafedra Rossiya FA SB HM va MG instituti, Sibir Federal universiteti, Novosibirsk Davlat universiteti, Qozon Federal universitetlari, Respublikamiz FA Matematika instituti va etakchi OTMilarining kafedralari bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan.

Kafedra manzili: 180103, Qarshi shahri, Ko`chabog’ 17. 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________