0 (375) 225 - 34 - 13               

 

QARSHI DU ARM FOK LABORATORY LANGUAGES TTJ JARAYON MARAFON MASTER OBOD 02 03 04 05 07
01 / 15

QARSHI DU

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI
02 / 15

ARM

03 / 15

FOK

04 / 15

LABORATORY

05 / 15

LANGUAGES

06 / 15

TTJ

TTJ

07 / 15

JARAYON

08 / 15

MARAFON

09 / 15

MASTER

MAGISTRATURA

10 / 15

OBOD

OBOD

11 / 15

02

12 / 15

03

13 / 15

04

14 / 15

QarshiDU

05

QarshiDU
15 / 15

07

MAKTABGACHA VA BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI

Ovozlar reytingi:  / 7
SayozZo'r 

FAKULTET TARIXI

Fakultet jamoasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun, “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” hamda Respublikamiz Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustakamlash va yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga amal qilgan holda olib bormoqda. Fakultet faoliyati oliy ta’lim, kasb-hunar va o‘rta maxsus ta’limi, umumta’lim muassasalari hamda ijtimoiy sohalar uchun zarur bo‘lgan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashga qaratilgan.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2015-yil 16-yanvarda tasdiqlangan “Universitet fakultetlari va kafedralari tuzilmasi”, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi PQ-2909-son, 2018-yil 07-maydagi PQ-3689-son, 2018-yil 05-iyundagi PQ-3289-son qaroriga asosan o‘zgartirish kiritilganligi ma’lum qilinib, 2018-yil 20-oktabrda tasdiqlangan “Qarshi davlat universiteti tashkiliy tuzilmasi”ga muvofiq Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti tashkil etildi.

Dastlab fakultet Pedagogika fakulteti tarkibida bo‘lgan. 2003-yilda fakultet Pedagogika-psixologiya deb nomlandi va fakultet dekani etib professor A.Choriyev tayinlandi. 2007-yildan fakultet dekani etib dotsent B.Jo‘rayev, 2014-yil 1-apreldan dotsent Sh.Nurullayevalar faoliyat yuritdilar.

2018-yil 3-noyabrdan dots. Sh.Nurullayeva fakultet dekani etib tayinlandi.

Fakultet tarkibida Maktabgacha ta’lim va Boshlang‘ich ta’lim kafedralari mavjud bo‘lib, unda  Pedagogika fanlari doktori R.Shodiyev, professor T.G‘afforova, dots. N.Oripova, Sh.Nurullayeva, A.Nabiyev, D.Kenjayeva, Sh.Rahmatullayeva, U.Yoziyeva, Sh.Turdiyevlar faoliyat ko‘rsatadi.

Fakultetda jami 728 nafar  talaba, 14 nafar magistr, 1 nafar katta ilmiy xodim izlanuvchi va 1 nafar mustaqil izlanuvchi tahsil olmoqda. Fakultetda  27 ta o‘quv xona,  ma’naviyat xonalari mavjud. Fakultet kafedralarida 37 shtat birligida 1 nafar fan doktori,  1 nafar professor, 3 nafar  fan nomzodi, dotsent, 2 nafar fan nomzodi katta o‘qituvchi, 3 nafar fan nomzodlari (PhD), 2 nafar katta o‘qituvchi va 28 nafar assistent-o‘qituvchi faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Ilmiy salohiyat 30 % ni tashkil etadi. Keyingi 3 yilda 3  nafar o‘qituvchi tadqiqot ishlarini yakunlab nomzodlik  guvohnomasini oldilar.

Fakultet ma'muriyati:

Pedagogika  fakulteti dekani

Nurillayeva Shaxlo О‘ktamovna p.f.n., dotsent

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (Dushanbadan tashqari)

Telefon: (+99891) 454-06-09

E-mail:  qardu_shahlo@edu.uz

 

 

O‘quv ishlari  bo‘yicha dekan muovini 

Turdiyev Shoxrux Razzakovich

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (Dushanbadan tashqari)

Telefon: (+998 91) 560-77-33

E-mail: turdiev@inbox.ru 

O‘quv ishlari  bo‘yicha dekan muovini 

Muhammadiyeva Manzura Maratovna

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (Shanbadan tashqari)

Telefon: (+998 90) 638-03-80

E-mail: muhammadiyevam@umail.uz 

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini

Fayzullayev Xolmo'min Namozovich

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (Dushanbadan tashqari)

Telefon:(+99891) 427-67-51

E-mail: fayzullayev­_58@umail.uz 

 

 

Yoshlar bilan ishlash bo'yicha dekan muovini 

Yo’ldoshev Nazar O’sarovich

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (Dushanbadan tashqari)

Telefon:(+99890) 722-35-57

E-mail: yo’ldoshev_58@umail.uz

 

 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha dekan muovini

Jo’rayev Baxrom

Qabul vaqti: Har kuni 15.00-17.00 (Shanbadan tashqari)

Telefon:(+99894)524-34-71

E-mail: bahrom 3404@umail.ru

 

 

 

Fakultet kafedralari:

  • Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi
  • Maktabgacha ta’lim kafedrasi

Fakultetda quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar tayyorlanadi:

  • 5111700 - Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish
  • 5111800 - Maktabgacha ta’lim

Quyidagi mutaxassisliklar bo‘yicha magistlarni tayyorlaydi:

  • 5A111701 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (boshlang‘ich ta’lim);
  • 5A111801 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (maktabgacha ta’lim); 

FAKULTETDA ERISHILGAN YUTUQLAR

Fakultetda ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv adabiyotlari, monografiya, o‘quv – uslubiy qo‘llanmalar va ishlanmalar hamda o‘qitiladigan fanlarning o‘quv –uslubiy majmualarini tayyorlashga alohida e’tibor qaratilgan. Yaratilgan elektron  majmualar axborot  resurslari markazi, ZiyoNET va boshqa saytlarga joylashtirib borilmoqda. Professor–o‘qituvchilar tomonidan oxirgi uch yilda  9 ta darslik, 5 ta monografiya, 5 o‘quv–uslubiy qo‘llanma, 170 dan ortiq maqolalar nashr etildi.



Fakultetdagi kafedralar  mutaxassislari Qаrshi pеdаgоgikа kоllеji, Qаrshi shаhridаgi  umumtа’lim mаktаblаri va MTMlar bilаn o’zаrо hаmkоrlikdа ish оlib bоrаdilаr. 

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________