0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Ovozlar reytingi:  / 0
SayozZo'r 

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

 QARSHI DAVLAT  UNIVERSITETI

Ma’naviy-ma’rifiy ishlar

Qarshi davlat universitetida Respublika ma’naviyat targ‘ibot markazi,  O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi, nodavlat notijorat tashkilot-lari, jamoat tashkilotlari, va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlikda mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada amalga oshirilgan islohotlar va ularning amaliy natijalari haqida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari o‘tkazilib kelinmoqda.

Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish.

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida universitetda mustaqil fikrlaydigan, qat’iy hayotiy pozitsiyaga ega bo‘lgan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish, qobiliyatlarini rivojlantirish maqsadida universitetda “Ziyo” talabalar teatr-studiyasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi universitet boshlang‘ich tashkiloti qoshida “Farzona” QVZ jamoasi, Pedagogika fakulteti Musiqa ta’limi kafedrasi qoshida “Ziyo sadolari” badiiy-vokal jamoasi, “Tafakkur sinovlari” ko‘rik-tanlovida ishtirok etuvchi “Adolat” jamoasi samarali faoliyat olib bormoqda. Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazib kelinayotgan turli tanlov va festivallarda mazkur jamoalar  munosib ishtirok etib, sovrinli o‘rinlarni egallab kelmoqda. Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-1091-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yagonasan, muqaddas  Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovda Qarshi davlat universitetining “Ziyo sadolari” badiiy jamoasi ushbu tanlovda qatorasiga 3 marotaba ya’ni 2015, 2016, 2017 yillarda 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

2016 yil oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari ishtirokida “Ertangi kun bizniki, marra bizniki!” shiori ostida “Yoshlar haftaligi” doirasida bo‘lib o‘tgan talabalar teatr-studiyalari festivalining Respublika bosqichida “Ziyo” talabalar teatr-studiyasi jamoasi tomonidan namoyish etilgan “Shiroq” nomli spektakl faxrli  1-o‘rinni egalladi.

2017 yil Toshkent shahrida “Biz Vatanga tayanchmiz!” shiori ostida o‘tkazilgan talabalar teatr-studiyalari festivalida universitetning “Ziyo” talabalar teatr-studiyasi jamoasi tomonidan “Ko‘zalar” spektakli namoyish etildi. Festivalda “Eng yaxshi erkak roli uchun” nominatsiyasi bilan Pedagogika fakulteti 4-kurs talabasi Mo‘minov Doston taqdirlandi.

2017 yilgi “Yosh kitobxon” tanlovining Respublika bosqichida 20-30 yosh toifasi bo‘yicha Tarix va ijtimoiy fanlar fakulteti 3-bosqich talabasi Qurbonov Abdulaziz 2-o‘rinni egalladi. 

 “Ziyo sadolari” badiiy jamoasi qoshida ovoz yozish studiyasi tashkil etilib, bugungi kunda iqtidorli, qobiliyatli ijodkor talabalarning qo‘shiqlari, musiqalari hamda professor-o‘qituvchilarning ovozli ma’ruzalarini tayyorlash, yozish ishlari amalga oshirilmoqda.

Universitet hududida talaba-yoshlarning mavjud ehtiyojlari uchun “O‘zbekiston yoshlar ittifoqi kitoblar olami” kitoblar savdo do‘koni faoliyati samarali yo‘lga qo‘yilgan. 

 Shuningdek, universitet Axborot resurs markazi talabalar uchun zarur adabiyotlar bilan ta’minlangan.

Qarshi davlat universitetida tahsil olayotgan sportchi-talabalar Respublika, Osiyo va Jahon chempionati va kubogi hamda universiada musobaqalarida faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egallab kelmoqdalar.

Jumladan:

suzish bo‘yicha Rio-de Janeyroda o‘tkazilgan XV-Paralimpiadada 1ta 3-o‘rin, Respublika chempionatida 3 ta 1-o‘rin, universiada musobaqasida  1 ta 2-o‘rin;

kurash bo‘yicha Osiyo va Oklandiya chempionati 1ta 2-o‘rin Respublika chempionatlarida 4 ta 1-o‘rin;

tayekvando bo‘yicha Respublika chempionatida 1ta 1-o‘rin, universiada musobaqasida  1ta 1-o‘rin;

og‘ir atletika bo‘yicha Respublika chempionatida 2ta 1-o‘rin, universiada musobaqasida 1ta 1-o‘rin;

yengil atletika bo‘yicha universiada musobaqasi va Respublika chempionatida 3ta 1-o‘rin,   1 ta 2-o‘rin;

triatlon bo‘yicha Respublika chempionatida 1ta 1-o‘rin

gandbol bo‘yicha Respublika chempionatida 1 ta 1-o‘rin va 1 ta 2-o‘rin.

Taekvon-do VTF bo‘yicha Respublika va Osiyo chempionatida 2 ta 1-o‘rin;

dz-yudo bo‘yicha Respublika chempionatida 1ta 1-o‘rin;

yunon-rum kurashi bo‘yicha Respublika chempionatida 1 ta 1-o‘rin;

Hamroqulov Jaloliddin yengil atletika bo‘yicha Qirg‘iziston Gran-Prisida 1-o‘rin;

Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi hamda “Nasaf” futbol klubi a’zosi Abduxoliqov Bobur futbol bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 2-o‘rin 2017 yil, futbol bo‘yicha yoshlar o‘rtasida  U-23 terma jamoasi tarkibida Osiyo chempioni.

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________