0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

Qarshi davlat universiteti Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi

Ovozlar reytingi:  / 2
SayozZo'r 

Bo`lim boshlig'i: Saidov Baxtiyor Jamolovich

Qabul kunlari: Chorshanba (15-00dan 17-00gacha),

Juma(15-00 dan 17-00 gacha)

Telefon: +998752210619  +99893-930-94-50

Elektron pochta: baxtiyor_saidov65@mail.ru 

 

 

Bo‘lim bosh mutaxassisi: Yo‘ldoshev Rustam Elmurodovich

Telefon+99890-951-22-08
E-mail: rustambek.yuldoshev@mail.ru

 

 

 

Bo`limda bo`lim boshlig`i va bir nafar bosh mutaxassis faoliyat olib boradi.

Ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limi oliy ta`lim muassasasi talabalari bilimlarining davlat ta`lim standartlariga muvofiqligini o`rganib borishi, tahlil qilishi, kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritishi, natijalar hamda ta`lim sifatiga ta`sir etgan omillar to`g`risidagi ma`lumotlarni oliy ta`lim muassasasi rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etib borishi bo`yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish;

Davlat inspeksiyasi bilan birgalikda o`tkaziladigan barcha tadbirlarni mazkur qarorga muvofiq amalga oshirilishini ta`minlash;

Oliy ta`lim muassasasini attestasiya jarayonlariga tayyorgarlik ko`rishini ta`minlash kabi vazifalarni bajaradi

HURMATLI TALABALAR, PROFESSOR-O'QITUVCHILAR HAMDA FUQAROLAR! 

QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI TA'LIM SIFATI BO'YICHA TAKLIFLAR, E'TIROZLAR HAMDA FIKR MULOHAZALAR BO'LSA, baxtiyor_saidov@mail.ru  ELEKTRON POCHTASIGA YOKI USHBU +998752210619 TELEFON RAQAMIGA BOG’LANISH MUMKIN. 

NIZOM

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi 2017 yil 18 iyuldagi 515-sonli qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 18 iyuldagi 515-sonli qarori ijrosini ta’minlash to‘g‘risida”gi 2017 yil 24 iyuldagi 497-sonli bo‘yrug‘iga muvofiq Qarshi davlat universitetida ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi tashkil etildi. 

2017 yil “18” iyuldagi 

515-son qaroriga 

1-ILOVA 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi

Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasi to‘g‘risida

NIZOM

1-bob. Umumiy qoidalar

1.Ushbu Nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat qilish davlat inspeksiyasining (keyingi o‘rinlarda Davlat inspeksiyasi deb ataladi) maqomi, asosiy vazifalari, funksiyalari, huquqlari va javobgarligi, shuningdek faoliyatini tashkil etish tartibini belgilaydi.

2.Davlat inspeksiyasi ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshiradigan, idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazadigan maxsus vakolatli davlat boshqaruv organi hisoblanadi. 

3.Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga bo‘ysunadi va unga hisobot beradi. 

4.Davlat inspeksiyasi yuridik shaxs hisoblanadi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o‘z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g‘aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g‘azna hisobvaraqalariga ega bo‘ladi. 

5.Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga, shuningdek ushbu Nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi. 

6.Davlat inspeksiyasi tarkibiga yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi hududiy bo‘limlar (keyingi o‘rinlarda Hududiy bo‘limlar deb ataladi) kiradi. 

Hududiy bo‘limlar o‘z faoliyatini Davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlanadigan nizomga muvofiq amalga oshiradi. 

7.Davlat inspeksiyasi o‘z faoliyatini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. 

2-bob. Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari va funksiyalari 

8.Quydagilar Davlat inspeksiyasining asosiy vazifalari hisoblanadi: 

ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish bo‘yicha davlat siyosatini amalga oshirish; 

idoraviy mansubligi va mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish; 

o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, ta’lim muassasalari reytingini aniqlash; 

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalar berishni tashkil etish; 

xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash)ni tashkil etish; 

respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish; 

ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish. 

9.Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalarni bajarish uchun quydagi funksiyalarni amalga oshiradi: 

a) ta’lim tizimida o‘kuv-tarbiya jarayonlari, professor-o‘kituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish buyicha davlat siyosatini amalga oshirish sohasida: 

o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tizimli ravishda tahlil qilish; 

pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarni berish uchun normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish; 

pedagog kadrlarga malaka toifalarni berish jarayonini tashkil etish jadvallarini tuzish va tasdiqlash; 

ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining pedagog kadrlarga mos ravishda lavozim va malaka toifalarini berishni tashkil qilish va o‘tkazish borasidagi faoliyatni muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 

pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalarini berish davriyligi haqidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish; 

pedagog kadrlarga lavozim va malaka toifalari berishni tashkil etish; 

lavozim va malaka toifalariga ega bo‘lgan pedagog kadrlarga belgilangan namunadagi malaka toifalariga oid sertifikatlar berish; 

pedagog kadrlarning nazorat sinovlari natijasi bo‘yicha lavozim va malaka toifalariga oid sertifikatlar berilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni Davlat inspeksiyasining rasmiy veb-saytida e’lon qilib borish; 

kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilishda ish beruvchilarning ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash sifati bo‘yicha takliflar asosida mutaxassislik malaka talablarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; 

davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablarini, shuningdek ular asosida ta’limning barcha turlari bo‘yicha ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlarni ekspertizadan o‘tkazish; 

ta’lim muassasalarida o‘quv-tarbiya hamda kadrlar tayyorlash sifati monitoringini tashkil etish va amalga oshirish; 

uzluksiz ta’lim tizimida tashkil etiladigan fan olimpiadalari, bellashuvlar va turli ko‘rik-tanlovlarni xolis va adolatli o‘tkazilishini nazorat qilish, natijalarini tahlil etish; 

ta’lim sifatini baholash sohasida xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish; 

b) idoraviy mansubligi va tashkiliy-huquqiy shaklidan kat’iy nazar, ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish sohasida: 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda ta’lim sifatini nazorat qilish va ta’lim muassasalarini faoliyatini baholash me’zonlarini ishlab chiqish; 

ta’lim sifati nazorati hamda attestatsiya jarayonida qo‘llanadigan nazorat materiallarini ishlab chiqish, maxfiyligini saqlash bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini amalga oshirish; 

ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun jalb etiladigan ekspertlarni tanlash, o‘qitish va o‘qitish yakunlari bo‘yicha ushbu ekspertlarni saralab olish mexanizmini ishlab chiqish va takomillashtirish; 

ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jadvallarini ishlab chiqish va tasdiqlash; 

ta’lim muassasalarini attestatsiya va davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish jarayonini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 

ta’lim sifati monitoringi, attestatsiya o‘tkazish jarayonida aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishini nazorat qilish; 

attestatsiya natijalariga ko‘ra, ta’lim muassasalarini davlat akkreditatsiyasidan o‘tkazish; 

davlat akkreditatsiyasidan o‘tgan ta’lim muassasalarining reestrini yuritish; 

ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayoni va natijalariga doir masalalar bo‘yicha ekspert xulosalari, hisobotlar, tahliliy materiallar tayyorlash; 

idoraviy mansubligidan va tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’iy nazar, ta’lim muassasalarini tashkil etish (qayta tashkil etish, tugatish) hamda ularning maqomini qayta ko‘rib chiqish bo‘yicha tegishli xulosalar tayyorlash; 

v) o‘kuvchilar, talabalar va tinglovchilar bilimlarining O‘zbekiston Respublikasi davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini tahlil qilish, muassasalari reytingini aniqlash sohasida: 

o‘quvchilar, talabalar, tinglovchilar bilimlarini aniqlash maqsadida nazorat materiallarini ishlab chiqish; 

nazorat ishlarini o‘tkazish, natijalarni tahlil qilish, ta’lim sifatiga ta’sir ko‘rsatgan omillarni aniqlash, shu jumladan ta’lim muassasalarida umumta’lim fanlari va kasbiy fanlar bo‘yicha tanlab olish asosida bitiruvchilarning ta’lim tayyorgarligi darajasi va o‘qitish sifati monitoringini o‘tkazish orqali ta’lim sifatiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash; 

o‘quvchilar, talabalar va tinglovchilar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, davlat ta’lim standartlari, davlat talablari va malaka talablarini bajarish darajasini o‘rganishga qaratilgan intelektual ko‘rik- tanlovlar, musobaqalarni tashkil etish; 

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish va nazorat qilish bo‘yicha tashkiliy-huquqiy va metodik ko‘rsatmalarni ishlab chiqishni tashkil etish; 

zamonaviy axborot-telekommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan holda ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati monitoringini olib borish; 

ta’lim muassasalarida o‘qitish va kadrlar tayyorlash sifatini o‘rganish maqsadida ijtimoiy so‘rovlarni o‘tkazish; 

ta’lim sifatini baholash natijalari bo‘yicha tahliliy ma’lumotlar tayyorlash; 

ta’lim sifatini baholash natijalari asosida ta’lim va kadrlar tayyorlash sifatining umumiy holati bo‘yicha ta’lim muassasalari raytingini aniqlash; 

g) O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Nodavlat ta’lim muassasalari faoliyatini litsenziyalash komissiyasining ishchi organi sifatida nodavlat ta’lim muassasalariga litsenziyalar berish sohasida: 

talabgorlarning litsenziya berish to‘g‘risidagi arizalarini qabul qilish va ko‘rib chiqishni tashkil etish; 

talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha ekspert hulosasini tayyorlash; 

talabgorlarning arizalarini ko‘rib chiqish natijalari haqida talabgorlarga ma’lumot berish; 

ijobiy ekspert hulosalari asosida litsenziyalarni rasmiylashtirish va nodavlat ta’lim muassasalariga berish; 

d) xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash)ni tashkil etish sohasida: 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralarning vakillaridan iborat tarkibda tegishli ta’lim yo‘nalish (mutaxassislik)lari bo‘yicha xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini aniqlash) bo‘yicha ekspertizadan o‘tkazuvchi ekspert komissiyasini (keyingi o‘rinlarda Ekspert komissiyasi deb ataladi) shakllantirish va ularning ishini tashkil etish; 

talabgorlardan xorijiy mamlakatlarda berilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish va nostrifikatsiyalash (ekvivaletligini aniqlash) uchun zarur bo‘lgan ta’lim to‘g‘risidagi va boshqa hujjatlarni qabul qilib olish; 

ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni nostrifikatsiyalash (ekvivaletligini qayd etish) jarayoni uchun barcha zarur hujjatlar mavjudligini aniqlash va materiallarni Ekspert hulosasiga yuborishni tashkil etish; 

Ekspert komissiyasi tomonidan nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) uchun taqdim etilgan ta’lim to‘g‘risidagi hujjatni ekspertizadan o‘tkazish natijasiga ko‘ra xulosa tayyorlanishini tashkil etish; 

Ekspert komissiyasining xulosasi haqida talabgorga ma’lum qilish; 

xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlar tan olinganda va nostrifikatsiyalash (ekvivalentligini qayd etish) amalga oshirilgan talabgorga davlat namunasidagi guvohnomalar rasmiylashtirilishini tashkil etish; 

e) respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish sohasida: 

respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni qabul qilib olish; 

respublika hududida xorijiy ta’lim muassasalarining ta’lim faoliyatini yuritish huquqiga ruxsatnomalar berish uchun taqdim etilgan hujjatlarni ekspertizadan o‘tkazish; 

pedagog kadrlar ta’minoti, moddiy-texnik baza, o‘quv-labaratoriya jixozlari va boshqa texnik vositalarni ta’lim dasturlarini amalga oshirish uchun etarliligi yuzasidan ekspert xulosasini tayyorlash; 

j) ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari tomonidan beriladigan rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish soxasida: 

apostil qo‘yish uchun murojatlar va tagishli hujjatlarni qabul qilish hamda ro‘yxatdan o‘tkazish; 

apostil qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish; 

apostil qo‘yish to‘g‘risidagi murojaatni ko‘rib chiqish natijalari haqida ariza beruvchiga ma’lumot berish. 

10.Hududiy bo‘limlar quydagi vazifalarni amalga oshiradi: 

ta’lim muassasalari attestatsiyasining o‘tkazilishini, uning sifatli va samarali tashkil qilinishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish; 

ta’lim muassasalarini attestatsiyasidan o‘tkazish jarayonida Davlat inspeksiyasi va ta’lim sohasida hududiy boshqaruv organlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni muvofiqlashtirish; 

oliy ta’lim, oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim hamda kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida oliy ta’lim muassasalarining ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limlari tomonidan o‘tkaziladigan ichki attestatsiya jarayonini muvofiqlashtirish; 

ta’lim va kadrlar tayyorlash monitoringini olib borish va sifatini nazorat qilish jarayonida tashkiliy ishlarni amalga oshirish. 

3-bob. Davlat inspeksiyasining huquqlari va javobgarligi 

11.Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni amalga oshirish uchun quyidagi huquqlarga ega: 

o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun vazirliklar, idoralar, ta’lim muassasalaridan zarur ma’lumotlar va materiallarni olish; 

ta’lim tizimida o‘quv-tarbiya jaryonlari, professor-o‘qituvchilar tarkibi, kadrlar tayyorlash va ularning malakasini oshirish sifatini nazorat qilish bo‘yicha ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari raxbarlari tomonidan ta’lim to‘g‘risidagi qonun hujjatlari buzilgan holda qabul qilingan buyruqlar, farmoyishlar va qarorlarning amal qilishini to‘xtatib qo‘yish; 

ta’lim muassasalari ta’lim sifatini, ta’limning barcha turlari bo‘yicha o‘quv rejalari va dasturlarining davlat ta’lim standartlariga, davlat talablari va malaka talablariga muvofiqligini belgilangan tartibda tekshirish; 

attestatsiya jarayonida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ta’lim soxasidagi boshqaruv organlari va ta’lim muassasalaridan talab qilib olish; 

shartnoma asosida ilmiy-metodik va axborot-konsalting xizmatlarini ko‘rsatish; 

o‘ziga yuklatilgan vazifalarni hal etish uchun vazirliklar va idoralar, ta’lim muassasalarining olimlari, amliyotchi pedagog o‘qituvchi-metodistlar hamda xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda innovatsion labaratoriyalar, tayanch ta’lim muassasalarini belgilash, maqsadli ilmiy-tadqiqot, ijodiy guruhlar, ilmiy kengash va komissiyalar tashkil etish; 

o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar va idoralar, xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikni amlga oshirish; 

ta’lim va kadrlar tayyorlash sifati muammolari bo‘yicha xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminar va o‘quvlar tashkil etish va ularda ishtirok etish, shuningdek davlatlararo va hukumatlararo hamkorlik masalalari bo‘yicha muzokaralarda qatnashish; 

o‘zining vakolatlariga kiradigan masalalar yuzasidan mahalliy davlat hokimyati organlari va ta’lim sohasidagi boshqaruv organlari, fuqarolarning uzini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari rahbarlari va mutaxassislarini jalb etgan holda ta’lim sifati monitoringini, konferensiyalar, yig‘ilishlar, seminarlar va boshqa tadbirlarni o‘tkazish; 

o‘z vakolatiga tegishli muassasalarda o‘quv yo‘llanma, metodik ishlanmalar, nazorat materiallarini ishlab chiqish; 

ta’lim muassasalarini attestatsiyadan o‘tkazish jarayonida ta’lim sifatiga oid aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlar uchun ushbu muassasalarning raxbar va pedagog hodimlariga nisbatan jarimalar qo‘llash. 

Davlat inspeksiyasi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. 

12.Davlat inspeksiyasi o‘z vakolatlari doirasida vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan normativ huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqlidir. 

Davlat inspeksiyasi zarur hollarda, davlat boshqaruvining boshqa organlari bilan birgalikda belgilangan tartibda qo‘shma qaror va boshqa hujjatlar chiqarish huquqiga ega. 

13.Davlat inspeksiyasi o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 

4-bob. Davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish 

14.Davlat inspeksiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan boshliq boshchilik qiladi. 

Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan o‘rinbosari bo‘ladi.

Davlat inspeksiyasi boshlig‘i maqomiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi vaziriga, o‘rinbosar esa – tegishli ravishda vazir o‘rinbosariga tenglashtiriladi. 

Davlat inspeksiyasining bosh boshqarma boshliqlari, bo‘lim boshliqlari va hodimlari, shu jumladan Hududiy bo‘limlar xodimlari Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan lavozimiga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi. 

15.Davlat inspeksiyasi boshligi: 

Davlat inspeksiyasi faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi va Davlat inspeksiyasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi yuzasidan shaxsan javob beradi; 

Davlat inspeksiyasi hodimlari tomonidan bajarilishi majburiy bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko‘rsatmalar beradi; 

Davlat inspeksiyasining tarkibiy bo‘linmalari va Hududiy bo‘limalari to‘g‘risidagi nizomnlarni tasdiqlaydi; 

Davlat inspeksiyasi vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi; 

Davlat inspeksiyasi faoliyatining joriy va istiqbol rejalarini tuzilishini tashkil etadi; 

Davlat inspeksiyasi hodimlarini rag‘batlantiradi hamda ularni davlat mukofotlari, faxriy unvonlar, faxriy yorliqlar berilishiga tavsiya etadi; 

Davlat inspeksiyasi hodimlarini zarur hollarda intizomiy javobgarlikka tortadi. 

Davlat inspeksiyasi boshlig‘i qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. 

16.Davlat inspeksiyasida Davlat inspeksiyasi boshlig‘i, uning o‘rinbosari, bosh boshqarma boshliqlari, bo‘lim boshliqlari va yuqori malakali hodimlardan iborat tarkibda ilmiy-metodik kengash tashkil etiladi. Ilmiy-metodik kengash azolarnining soni va shaxsiy tarkibi Davlat inspeksiyasi boshlig‘i buyrugi bilan tasdiqlanadi. 

17.Ilmiy-metodik kengash mazkur Nizomga muvofiq Davlat inspeksiyasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish jarayoniga oid ilmiy, metodik va normativ-huquqiy hujjatlarga oid masalalarni ko‘rib chiqadi. 

Ilmiy-metodik kengash qarorlari Davlat inspeksiyasi boshlig‘ining buyrug‘i bilan amalga oshiriladi. 

5-bob. Davlat inspeksiyasi faoliyatini moliyalashtirish 

18.Davlat inspeksiyasi faoliyati quyidagi manbalar hisobidan moliyalashtiriladi: 

O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari; 

Homiylar - yuridik va jismoniy shaxslarning, O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlarining mablag‘lari; 

grantlar, xizmat ko‘rsatishdan tushgan daromadlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar. 

19.Davlat inspeksiyasining xarajatlar smetasi, daromadlar va xarajatlar smetasi belgilangan tartibda Davlat inspeksiyasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlanadi va O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkaziladi. 

20.Davlat inspeksiyasi o‘zining kasaba uyushmasining taklifiga muvofiq Davlat inspeksiyasi raxbarlari va xodimlariga ustamalar belgilashi hamda oylik ish haqining bir baravari miqdorigacha mukofotlashi mumkin. 

6-bob. Yakuniy qoida 

21.Davlat inspeksiyasini qayta tashkil etish va tugatish qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 

Ta’lim sifatini nazorat qilish bo`limining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: 

Ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta’lim standartlari (DTS), malaka talablari, o`quv rejalari va fan dasturlari bilan ta’minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish; 

Qarshi davlat universitetida ta’lim jarayoni sifatini, uning o`quv adabiyotlari va o`quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlanganlik darajasini o`rganish; 

Qarshi davlat universiteti talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o`rganib borish, tahlil qilish; 

Ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta’minlash;

Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish; 

Qarshi davlat universitetini ichki attestasiyadan o`tkazishni tashkil etish, natijalari bo`yicha ta’lim sifatiga salbiy ta’sir etuvchi omillarni aniqlash, ma’lumotlarni Qarshi davlat universiteti rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish; 

Attestasiya, ta’lim sifatini o`rganish bilan bog`liq jarayonlarda Qarshi davlat universitetida aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o`z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o`rnatish; 

Ta’lim sifatini belgilovchi ko`rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish; 

Ta’lim sifatini oshirish maqsadida professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini  tahlil qilish; 

Qarshi davlat universitetining tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo`lim, markaz, akademik lisey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o`quv yurtidan keyingi ta’lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo`nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o`tkazish, tahliliy ma’lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo`yicha Qarshi davlat universiteti rahbariyatiga takliflar kiritish; 

Qarshi davlat universiteti professor-o`qituvchilari tayanch ma’lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o`tganligini yoki mos ixtisoslik bo`yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o`rganish va xulosalarni OTM rektoriga ma’lum qilish; 

Qarshi davlat universitetining o`quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish; 

Ta’lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo`yicha takliflar berish; 

Qarshi davlat universitetida talabalar amaliyotining ta’lim yo`nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish; 

Davlat inspeksiyasining topshirig`iga binoan Qarshi davlat universiteti reytingini aniqlashga va baholashga oid ma’lumotlarni to`plashda, o`tkaziladigan attestasiya va ta’lim sifatini o`rganish bilan bog`liq jarayonlarda ishtirok etish; 

- talabalar bilimini baholash jarayonini tahlil qilish asosida reyting ballarining xolisligini, shaffofligini va sifat darajasini  baholash; 

Qarshi davlat universitetidagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini o`rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o`qituvchi va kadrlar iste`molchilari o`rtasida ijtimoiy so`rovlar o`tkazish; 

Bo`lim xodimlarining kasbiy mahoratini oshirish, O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iste`dod” jamg`armasi yoki xalqaro loyihalar va Qarshi davlat universiteti hisobidan rivojlangan xorijiy davlatlarning nufuzli o`quv va ilmiy markazlari tajribasini o`rganish va ularni ta’lim jarayoniga tadbiq etish; 

Qarshi davlat universiteti reytingini xalqaro darajaga ko`tarishga qaratilgan chora-tadbirlarni oliy ta’lim muassasasi rahbariyati bilan birgalikda ishlab chiqish va uni ijrosini ta’minlashda faol ishtirok etish; 

Qarshi davlat universiteti tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan o`quv seminarlari va treninglarni o`tkazish; 

Qarshi davlat universitetida jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo`yilgan vazifalar doirasida seminar mashg`ulotlarini muntazam ravishda o`tkazib borish; 

O`quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o`rtasidagi integrasion hamkorlik, innovasion g`oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig`i masalalari monitoringini yuritish; 

Qarshi davlat universiteti  Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo`lim tomonidan ta’lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o`rganish va monitoring natijalari to`g`risida ma’lumotlar berib borish; 

Ta’lim sifati holatini o`rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni Qarshi davlat universiteti rahbariyatiga taqdim etish. 

2018 yil 1- chorak ish rejasi asosida ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limida amalga oshirilgan ishlar tug`risida ma`lumot

Qarshi davlat universiteti tarkibidagi ta`lim sifatini nazorat qilish bo`limining 2018 yil II chorak  uchun ish rejasi

TSNQB nizomi

TSNQB ish rejasi

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________