0 (375) 225 - 34 - 13               

 

01 / 06

QARSHI DU

QDU

QARSHI DU
02 / 06
03 / 06
04 / 06
05 / 06
06 / 06

AMALIY MATEMATIKA VA INFORMATIKA KAFEDRASI

Ovozlar reytingi:  / 1
SayozZo'r 

Kafedra mudiri: Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent 

Karimov Qayum Mamashayevich

Telefon: (+99891) 257-83-64

Elektron manzili: kayum_km@umail.uz

 

Kafedra haqida

Kafedra 1992-yilda fizika-matematika fakulteti tarkibida tashkil etilgan. Kafedraga 2015-yil 2-sentabrdan buyon pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Karimov Qayum Mamashayevich mudirlik qilmoqda.

Kafedrada 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 – “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishi bo‘yicha bakalavr kadrlar tayyorlanadi. Ayni vaqtda kafedrada 25 nafar professor-o‘qituvchi, 1 nafar kabinet mudiri, 2 nafar laborant faoliyat ko‘rsatmoqda. Professor-o‘qituvchilardan 2 nafari fan doktori, 1 nafar professor vazifasini bajaruvchi, 1 nafar fan nomzodi dotsent, 3 nafari fan nomzodi, 6 nafari katta o‘qituvchi va 13 nafari assistent-o‘qituvchilardir.

Kafedrada universitetning 5130200 – “Amaliy matematika va informatika”, 5110700 – “Informatika o‘qitish metodikasi” yo‘nalishiga taalluqli fanlari hamda universitetning barcha yo‘nalishlari uchun “Informatika” va “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlari o‘qitiladi.

 

 Ilmiy darajaga ega bo’lgan kafedra professor-o’qituvchilari: 

  • Shukurov Omon Musurmonovich f-m. f.d, professor vazifasini bajaruvchi
  • Karimov Qayum Mamashayevich, p.f.n., dotsent
  • Xolmurodov Abdulhamid Erkinovich, f-m. f.d., dotsent
  • Eshqorayeva Norxol G‘uzorovna, t.f.n., katta o‘qituvchi
  • Begmatova Nodira Hakimovna, p.f.n., katta o‘qituvchi
  • Qayumova Nasiba Ashurovna,p.f.n., katta o‘qituvchi 
Kafedrada olib borilayotgan ilmiy ishlar: 
  • Ikki bog‘lamli sohalarda nostatsionar to‘lqin jarayonlarini o‘rganish;
  • Informatika fanini o‘qitishning dolzarb muammolari;
  • Noaniq informatsion holatlarda texnologik jarayonlarni matematik modellashtirish; 

Birinchi yo‘nalish bo‘yicha “Akustik, izotropik va g‘ovak-izotropik muhitlarda nostatsionar to‘lqin jarayonlarini o‘rganish” mavzusida 2007-2011-yillar davomida davlat granti bajarildi. Hozirgi kunda kafedrada А-13-38 “Ikki fazali muhit nochiziqli to’lqin dinamikasi uchun to’g’ri va teskari masalalarni nazariy va sonli tadqiq qilish” grant mavzusi bo’yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. 

Kafedra qoshida “05.13.18 – matematik modellashtirishning nazariy asoslari” ixtisosligi bo‘yicha ilmiy-uslubiy seminar mavjud bo‘lib, unda o‘quv qo‘llanmalar, o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va maqolalar mualliflar tomonidan taqdim etilib muhokama qilinadi va mustaqil tadqiqotchilarning dissertatsiyalari muhokama etilib, himoyaga tavsiya etilmoqda.

Kafedra Rossiya FA ning “Mexanika muammolari” ilmiy tadqiqot instituti, O‘zR FA ning “Matematika va informatsion texnologiyalari”, “Mexanika va inshoatlarning seysmik mustahkamligi”, “Seysmologiya” ilmiy tadqiqot institutlari, Moskva aviatsiya instituti, Rossiya FA “Hisoblash matematikasi va matematik geo fizika ilmiy tekshirish instituti” Sibir bo‘limi, O‘zMU, TATU, TDTU, SamDU, BuxDU hamda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti kabi oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy aloqaga ega.

Kafedra qoshida “Yosh dasturchilar” va “Kompyuter grafikasi” to‘garaklari reja asosida faoliyat ko‘rsatib, ularga 30 dan ortiq iqtidorli talabalar muntazam ishtirok etadi hamda talabalarga ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

Kafedra professor-o‘qituvchilari va talabalari o‘rtasida ilmiy-texnik ma’lumotlar, innovatsion g‘oyalar va tajriba almashishni tashkil etish, xorijdagi universitetlarning mutaxassislik kafedralari bilan hamkorlikda seminar va taqdimotlar o‘tkazish kabi maqsadlarni nazarda tutadi.

 

Har o‘quv yilida “Amaliy matematika va informatika” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi talabalari kasb-hunar kollejlari, akademik litsey va umumiy o‘rta ta’lim maktablarida malakaviy pedagogik amaliyot o‘tadilar. 

Kafedrada iqtidorli talabalar bilan ilmiy-uslubiy ishlar professor-o‘qituvchilarga biriktirilgan holda olib boriladi. 

Xalqaro va Respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalarda bir nechta iqtidorli talabalar ishtirok etib kelmoqdalar. 

Kafedrada Respublika fan olimpiadalarida “Informatika va axborot texnologiyalari” fani bo‘yicha 3-o‘rin g‘oliblari, shuningdek, Ulug‘bek nomidagi davlat stipendiyasi g‘oliblari ham tayyorlangan. 

2017-2018-o‘quv yilida Rossiya FA “Hisoblash matematikasi va matematika geofizika ilmiy tekshirish instituti” Sibir bo‘limi hamkorligida 1 ta monografiya hamda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 1 ta monografiya chop etilgan. 

Professor-o‘qituvchilar tomonidan 2017-2018-o‘quv yilida 3 ta Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturning rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalar olingan. 

Hozirgi kunda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan doktorlik dissertatsiyalari ustida ishlar olib borilmoqda. 

Kafedra manzili: Qarshi shahri Ko’chabog’, 17-uy

________________________________________________________________

© Qarshi davlat universiteti  www.qarshidu.uz 

________________________________________________________________