Kafedra mudiri: texnika fanlari nomzodi, dotsent
Maxamov Xo’jaxmat Tavashovich
Telefon: (+998 95) 506-44-28
Elektron manzili: qardumt@mail.ru
Kafedra tarixi
O‘zbekiston Respublikasi oliy va maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2011 yil 15 avgustda tasdiqlangan “Qarshi davlat universiteti fakul’tetlari va kafedralari tashkiliy tuzilmasi” ga muvofiq universitet Ilmiy Kengashi 2011 yil 5 oktyardagi “Fakul’tetlar va kafedralarning optimallashgan tashkiliy tuzilmalarini joriy etish haqidagi 2-sonli qarori asosida Universitet rektorining 2011 yil 9 noyabrdagi 536x – sonli buyrug‘i bilan “Mehnat ta’limi” kafedrasi tashkil qilingan va unga t.f.n., dotsent S.X.Yakubov kafedra mudiri etib tayinlangan.
“Mehnat ta’limi” kafedrasida 5112100 - “Mehnat ta’limi” yo‘nalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi va universitetdagi barcha ta’lim yo‘nalishlarida “Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini o‘qitish uchun xizmat qiladi.
Kafedrada o‘qitiladigan fanlar:
1. Mehnat ta’limi o‘qitish metodikasi
2. Mehnat muhofazasi
3. Texnologiya va dizayn
4. Texnik ijodkorlik va dizayn
5. Texnologiya ta’limi praktikumi
6. Servis xizmati
6. Materialshunoslik
7. Xalq hunarmandchiligi
8. Kasb hunarga yo‘naltirish
9. Mexanizatsiyalash va avtomatlashtirish, robototexnika
10. Materiallarni kesib ishlash asboblar va stanoklar
11. Uy-ro‘zg‘or asoslari
12. Hayot faoliyati xavfsizligi
13. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari
Kafedra professor-o‘qituvchilari tarkibi:
1. Maxamov Xo‘jaxmat Tavashovich - texnika fanlari nomzodi, dotsent
2. Yakubov Sabir Xalmuradovich - texnika fanlari doktori, dotsent
3. Cho‘yanov Do‘smurod Shodmonovich - texnika fanlari nomzodi, dotsent
4. Turdiyev Elmirza Jurayevich - pedagogika fanlari nomzodi, dotsent
5. Ochilov Akram Odilovich - tenika fanlari nomzodi, dotsent
6. Batiyev Ravil Gikramovich - katta o‘qituvchi
7. Ochilov Alisher Oripovich - katta o‘qituvchi
8. Nazirov Zulqaynar Sharopovich - katta o‘qituvchi
9. Hoshimov Abdiqodir Hamdamovich - o‘qituvchi
10. Yusupov Mamarasul Tog‘ayevich - o‘qituvchi
11. Xolmurodov Dilmurod Sobir o‘g‘li - o‘qituvchi
12. Ganiyeva Sharifa Adilovna - o‘qituvchi
13. Astanova Moxira Muxtarovna - o‘qituvchi
14. Abdullayeva Komila Tursunovna - o‘qituvchi
15. Nurmamatova Rahima Raxmanovna - o‘qituvchi
16. Bolliyev Kamoljon Ergashevich - o‘qituvchi
17. Elmurodov Nuriddin Saidmurodovich - o‘qituvchi
Rossiya Federatsiyasidan professor S.V.Dmitriyev “Materialshunoslik” fanidan dars o‘tishga taklif etilgan.
Ilmiy-uslubiy ishlar:
Kafedra professor-o‘qituvchilarining ilmiy, ilmiy-uslubiy maqolalari OAK tasarrufidagi ilmiy jurnallarda, Xalqaro va Respublika miqyosidagi konferensiya materiallarida, ilmiy to‘plamlarda chop etilgan.
Kafedra TDTU, TDPU, TATU, TAYI, SamDU, BuxDU va BuxYUTMTI kabi Respublikadagi yetakchi oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda ilmiy uslubiy ishlarini olib bormoqda.
Shu jumladan, Rossiya Federatsiyasining B.B.Gorodovikov nomidagi Qalmoq davlat universiteti bilan 2018 yil 27 aprelda imzolangan №269 sonli halqaro hamkorlik shartnomasi asosida o‘quv, ilmiy, ilmiy-uslubiy sohalarida ishlar olib borilmoqda, birgalikda ilmiy monografiyalar, maqolalar to‘plami chop etildi, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinishi yo‘lga qo‘yilgan. Kafedra professori S.X.Yakubov 16-21 iyul kunlarida Qalmoq davlat universitetida bo‘lib, u yerdagi mavjud sharoitlar bilan tanishib, kelgusidagi qilinadigan ishlar rejalashtirildi.
Kafedra o‘qituvchisi R.Nurmamatova tomonidan 2017-2018 o‘quv yilida “Mehnat muxofazasi”nomli darslik nashrga tayyorlandi.
2017-2018 o‘quv yilida kafedra professor-o‘qituvchilar tomonidan jami 18 ta maqola va 46 ta tezislar chop etilgan, shundan 12 ta ilmiy maqola chet el jurnallarida chop etilgan. Shuning bilan birga 2 ta o‘quv qo‘llanma, 2 ta o‘quv-uslubiy qo‘llanma nashr etildi, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 4 ta uslubiy qo‘llanma nashrga topshirilgan.
Ilmiy-tadqiqot ishlari:
Kafedrada asosan quyidagi ilmiy yo‘nalishlarda tadqiqot ishlari olib boriladi:
1. Muhandislik konstruksiyalarini matematik modellashtirish va optimallashtirish, texnologik jarayonlarni va ishlab chiqarishni avtomatlashtirish va boshqarish;
2. Chuqurlashtirilgan tipdagi geliolimonariylarning issiqlik rejimini optimallashtirish.
Mazkur ilmiy yo‘nalishlarda texnika fanlari doktori S.Yakubov, texnika fanlari nomzodlari X.Maxamov, D.Chuyanov, A.Ochilov, B.Xolliyev va I.Murodovlar rahbarligida tadqiqot ishlari olib boriladi.
Kafedra Respublikamizdagi yetakchi Oliy ta’lim muassalari Islom Karimov nomidagi TDTU, TATU, TDPU va O‘zR FA “Fizika-texnika instituti”, hamda Rossiya Federatsiyasining Tver davlat universiteti, Qalmoq davlat universiteti, Yoqutiston davlat universiteti kabi yetakchi oliy o‘quv yurtlari hamda Rossiya Fanlar Akademiyasining Metallarning o‘taplastiklik muammolari instituti kabi kabi ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda ilmiy tadqiqot ishlari olib boriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 13 fevraldagi 126-F Farmoyishi bilan 2017 yil 17-18 noyabr kunlar kafedra tomonidan “Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va optimallashtirishning dolzarb muammolari” mavzusida halqaro ilmiy-texnik konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiya asosan 4 ta seksiyada faoliyat ko‘rsatdi:
Texnologik jarayonlar va ishlab chiqarishlarni avtomatlashtirish va boshqarish,
Optimallashtirish muammolari, boshqarishni modellashtirish va algoritmlash.
Matematika va kompyuterli modellashtirish,
Texnikada, iqtisodiyotda, meditsinada, biologiyada axborot texnologiyalari va ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni boshqarish.
Konferensiyada Rossiya Federatsiyasidan professorlar A.N.Kudinov, S.V.Dmitriyev, YE.A.Korzinkova va O.P.Erdniyevlar ma’ruzalari bilan ishtirok etishdilar.
Fan tugaraklari:
Mehnat ta’limi kafedrasi huzurida tashkil etilgan tugaraklar va ularning faoliyati
№ |
Tugaraklar nomi |
Tugarak rahbari F.I.SH.tug‘ilgan yili, lavozimi, ilmiy darajasi |
Tashkil etilgan joyi |
Mashg‘ulotlar davomiyligi |
1 |
Yosh konstruktor |
Yusupov M.T. 1963, o‘qituvchi. Qurbonov B.1964, o‘qituvchi |
O‘quv ustaxonada |
Haftada ikki marta |
2 |
Mohir qo‘llar |
Abdullayeva K.1971, o‘qituvchi. Astanova M.M.1969, o‘qituvchi |
O‘quv ustaxonada |
Haftada ikki marta |
Kafedraning moddiy texnik bazasi:
Kafedraning moddiy-texnik ta’minoti bo‘yicha 10 ta kompyuter, 6 ta printer «3 tasi Hp LaserJet 1000» va «Canon LBP3010B», hamda 6 tokarlik dastgohi, 6 duradgorlik dastgohi, 3 ta frezalash dastgohi, 4 jilvirlash dastgohi, 2 parmalash dastgohi, 6 ta tikuv mashinasi va har xil ishlar bajarishda foydalaniladigan uskunalar mavjud. Shu jumladan zamonaviy o‘quv ustaxona jihozlari talabalarning amaliy va laboratoriy ishlarni 100 foiz bajarishlari uchun to‘liq ta’minlangan.
“TEXNOLOGIK JARAYONLAR VA ISHLAB CHIQARISHLARNI AVTOMATLASHTIRISH VA OPTIMALLASHTIRISHNING DOLZARB MUAMMOLARI”
Xalqaro ilmiy-texnikaviy konferensiya
2017 yil 17-18 noyabr
O‘zbekiston, Qarshi sh.